• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    2020-yil qovunlari: Eng arzon, eng yovvoyi, eng serdaromad qovunlar

    Karantinda uyining bo‘yi va enini santimetrlab o‘lchab tolmaganlar, bolalarning shovqinidan qulog‘i batang bo‘lmaganlar, davralarda “do‘st bo‘lsang narida tur”ni xirgoyi qilganlar joylashib o‘tirib oling. Albatta, ijtimoiy masofani saqlagan holda. Biz 2020-yil qovunlarini “Daryo” rastasiga bir-bir terishni boshlaymiz. Yozish bizdan, o‘qish sizdan, eslash ham sizdan, kayfiyatni ko‘tarish ham sizdan. Boringki, og‘izdagi maskani qiyshaytirmasdan kulish ham sizdan.

    Eng arzon qovun

    Darhaqiqat, bu juda arzon qovun, narxi bor-yo‘g‘i 5 600 so‘m. “Kun.uz” saytiga intervyu berayotgan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov bir og‘iz so‘zi qanotli iboraga aylanib uchib ketishini, javob videolari va karikaturalar ishlanishini xayoliga ham keltirmagan edi. Dastavval “...kishi boshiga 3,2 AQSh dollari, ya’ni 5 600 so‘m to‘g‘ri kelib, O‘zbekistonda shuncha mablag‘ ishlab topgan odam kambag‘al emas”, deb aytgan Obid Hakimov keyinroq  3,2 AQSh dollari qanday qilib 5 600 so‘mga aylantirilganiga sharh berdi.

    Ammo bungacha “5 600 so‘mlik” butun uznetni aylanib chiqqandi. Videoblogerlar supermarketga kirib, 5 600 so‘mlik xaridlar qila boshladi. “Oyiga 2,5 million so‘mga Toshkentda bir oila yashay oladi degan birad insofli ekan”, deydi yuzerlardan biri. Ha, agar 5 600 so‘m ishlab topgan kambag‘al hisoblanmasa, hammamiz millioner ekanmiz, deb xulosa qildi aksariyat odamlar. Quyida esa Oliy Majlis binosi manzarasida  Obid Hakimovning surati tushirilgan 5 600 so‘mlik kupyurani ko‘rib turibsiz.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Eng nozik qovun

    Qovunshunos bo‘pturib birinchi marta ikkilanib qoldik. Yozaylikmi, yozmaylikmi? Chunki ayol kishi baribir istisno-da, sizga aytsam. Ammo ko‘cha-ko‘yda bugun gender tenglik masalasi ko‘tarilyapti. Qolaversa, ayol hokimlarimiz bor, kimdan kamimiz bor.  Modomiki, erkak bilan ayol teng ekan, nega endi ayol kishini qalamga olmasligimiz kerak? Axir, mening qovunimni nazariga ilmabdi, deb ko‘ngli og‘rimaydimi ayollarimizni.

    “...Nime sotmading shu kungajovr.. o‘zingdan ketgan maraz, soya sotmagan iplos, paxta qimeysan iplos... Qaadan olasiz, meni qizixtirmeydi... Uch gextarga bir tonna to‘ryuz kilodan hisoblagansiz... oppo‘ying”, deya fermerlarni toza anjanchasiga tuzlaydi Bo‘ston tumani hokimi. Hokim opani fermerlarning soya rejasini bajarishi tashvishlantiryapti. Chunki bu urug‘ni rosa qimmat narxda viloyat hokimi bilan prezident Samaradan keltirgan ekan. Beparvo fermerlar bo‘lsa, ekilgan soyani g‘o‘zapoyaga qo‘shib “karchuvalka” qilib yuboribdi. Shunga hokim opa jahl otiga mingan.

    Aslida ayol hokimlar yumshoqroq qizishishini e’tiborga olsak, bu yutuq, hatto yil yutug‘i deyish mumkin. Qarang, so‘nggi paytda baqir-chaqirning isini chiqarmay qo‘ydi hokimlarimiz. Erkaklarning so‘kinishidan asrasin.

    Aytgancha, andijonlik hokim opa “Daryo” muxbiri bilan suhbatda uzr-ma’zurini bildirdi.

    Eng yovvoyi qovun

    Bir yil oldin “qaysi mansabdor eng ko‘p “audiozapis” chiqaradi?” deb so‘ralsa, “Farg‘onaniki” deb ikkilanmay aytishardi. Ammo Shuhrat G‘aniyev Bosh vazirga o‘rinbosar bo‘lgach, ovozi ham chiqmay qoldi. “Studiya”ni yurgizish esa andijonlik adashiga qoldi. Bugun Shuhratbek Abdurahmonov “zapis” chiqarish bo‘yicha yetakchi, deb bemalol ayta olamiz.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Pandemiyada o‘nlab odamni to‘plab tug‘ilgan kun o‘tkazadigan, qitig‘iga teguvchi “qichiq” savollar beradigan jurnalistni qo‘yvoradigan, prezident vakiliga sassiq gapiruvchi ayollarni esini kiritish uchun qamab qo‘yadigan, fermerlarni esa “shakal” deydigan hokimbuvaning ismini siz ham eshitgansiz, bilasiz. Shuncha qovunlarga qaramasdan, biror-bir jazosiz va tanbehsiz ishlab kelayotganiga yana bir bor tan bersa arziydi. Bayroq Andijonda.

    Ammo vaziyatdan chiqish borasida ham hokimlik “advokat”lariga qoyil qolsa arziydi. Audio eski bo‘lgan – vassalom. “Shakal”lar hayratda.

    404-qovun yoki eng sirli qovun

    Faqat kastryul, choynak sirli bo‘lmaydi, ba’zida qovun ham sirli bo‘ladi. Faqat uni tushirgan inson na hokim, na vazir, na rais, na yetakchi, boringki, umuman odatiy mansabdor emas. Bor-yo‘g‘i kamtargina bloger. Ammo yozmasak bo‘lmadi. @kometauz blogida shu yilning iyul oyida antiqa bir post yozildi.
    404 – senzura ham qovun tushirdi...

    404 – senzura 404 – senzura 404 – senzura 404 – senzura 404 – senzura 404 – senzura keltirishibdi:

    404  – senzura 404 – senzura 404 – senzura 404 – senzura 404 – senzura 404 – T senzura 404 – senzura 404 – senzura 404 – senzura 404 – senzura...

    Blogpostning davomida esa abituriyentlar soni bilan OTMlar kvotalari soni hisoblandi. Ularning orasidagi olti baravar farq hisoblab chiqib, OTMga topshirgan abituriyentlarning oltitadan beshtasi kirolmasligi muqarrarligi astoydil isbotlandi. Nega buncha zo‘r beradi bu bloger, nimani isbotlamoqchi? Buni aniqlaylik desak, blogpostning salkam yarmi  qadrdon “Senzura – 404” jumlasiga to‘ldi.

    Hurmatli o‘quvchi, biz sizning zakovatingizga ishonamiz. Kelasi yilgacha bu jumboqni yechish sizga.

    Eng serdaromad qovun va pichoq

    Volontyor kim? U bepul ishlaydigan ko‘ngilli xizmatchimi yoki ishiga haq oladimi? Navbatdagi voqea shu haqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlar bilan uchrashuvda bu mavzuga to‘xtalib “...Volontyorlik kasbmi, haqiqatan yordam berishmi yoki bundan daromad olishmi? Farqiga yetolmayapman. Tushuntira oldimmi? Misol uchun, COVID markazida volontyorlar ishladi, volontyormiz deb keldi. Lekin sakkiz milliondan pul oldi. Tushuntira oldimmi? Baraka topsin, rahmat. Ishlaganlarga mening e’tirozim yo‘q. Lekin volontyor bo‘lsa, nega haq so‘rayapti? Volontyor tushunchasi nima degani? Ko‘ngilli ishchi degani. Lekin men bironta volontyor uyda yotgan qariyaning oyog‘iga tog‘oracha tutib sovunlab yuvib qo‘yganini ko‘rmadim. Sochini tarab qo‘yay, sochini yuvib qo‘yay, deyish mumkin, uyida yotgan ayollar bor. Hech shuni ko‘rganim yo‘q...”, dedi.

    Hokimning “bir o‘rganib chiqamiz” degani uznetda kuchli rezonans berib “aralashmagani volontyorlik qolgan edi”, mazmunidagi norozilik keltirib chiqardi. Xususan, pandemiyaning avj pallasida hayotini xavfga qo‘yib ishlagan ko‘ngillilar Ortiqxo‘jayevning shubhalarini noo‘rin hisoblashini yashirib o‘tirmadi. Asli tadbirkor hokim volontyorlikni ham daromad manbayi sifatida ko‘rgan bo‘lsa, ehtimol.

    Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov volontyorlarni himoya qilib, “pichoqni avval o‘zingga ur, og‘rimasa birovga!” deb yozib #LyubayaBiznesXorosha, #MikrofonBerilmasinShuOdamga xeshteglarini qo‘shib qo‘ydi.

    Eng ajiotajli qovun

    Sinfdaga eng a’lochi o‘quvchidan antiqa gap chiqib qolishini hech kim kutmaganidek, eng namunali hokimlardan sanalgan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov oqsochlarni tilga olib uznetni to‘lqinlantirishini hech kim kutmagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Turdimov quvlik qilib ataylab “oqsoch” so‘zini qo‘llagan ekan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Oktabr oyida Erkinjon Turdimov Prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida oqsoch ayollarga talab ortib borayotgani sabab ayollarni bu kasbga tayyorlash tizimini shakllantirish taklifini berdi. Ammo xabarda urg‘u berilgan “oqsoch” so‘zi ommani junbushga keltirdi, buni o‘zbek ayollarini yerga urish deb talqin qilganlar bo‘ldi. O‘nlab e’tirozli izohlar yozildi. Ammo ko‘p o‘tmay Turdimov o‘ziga xos ayyorona tabassum bilan “men enaga, guverner yo uy xizmatchisi deyishim mumkin edi, ammo ularni aytganimda bunchalik ajiotaj bo‘lmasdi”, deya shov-shuvli gapiga izoh berdi. Obbo, Erkinjon Turdimov-ey. Odamlarni qanday qo‘zg‘ashni bilasiz.

    Mana, hurmatli o‘quvchi to‘plaganimizni sizga havola etdik. E’tibor berdingizmi, bu yilgi qovunlar o‘tgan yilgidan kamhosilroq. Bunga karantin sabab bo‘lishi mumkin, soyada qolgan qovun ko‘zga tashlanmaydi. Ammo... e’tibor berdingizmi – qovun tushirib ko‘zga tashlanadigan siyosatchini bu yil deyarli uchratmadik. Eh, o‘tgan yili juda bolalagan edi bunaqalar.

    Katta bir partiya rahbari biror ishi bilan emas, “ko‘p go‘sht yeyapmiz” degan bir og‘iz gapi bilan el og‘ziga tushgan bo‘lsa, ekopartiya faoli Toshkentga talon bilan kelishni taklif qilib ekoqovun tushirgandi. Iqtisodiyot vaziri “...bizdan ham inflyatsiyasi yuqori davlatlar bor, masalan Venesuela”, deya kulgiga qolgan bo‘lsa, yana bir partiya yetakchisi “2,5 million so‘m oylik Toshkentda besh kishini boqishga yetadi”, deb dong taratgan edi. Aftidan, ular bu yil miq etishmadi, miq etishsayam, o‘ylab miq etishdi. Bu ham rivojlanish sizga aytsam. Yutuqlarimiz davomli bo‘lsin. 2021 yil-yutuqlarga boy kelsin.

    02.01.2021, 19:31   Izoh (0)   129373
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2021-yilning birinchi kunida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

    02.01.2021, 18:32

    Yangiyo‘lda o‘z uyida kuchli portlovchi pirotexnika vositalarini yasayotgan shaxs ushlandi

    02.01.2021, 11:32

    Andijonda xo‘roz urishtirgan shaxslar ushlandi

    02.01.2021, 10:26

    Qashqadaryoda tez yordam xodimlari COVID-19’ga qarshi kurashganlarga rag‘bat puli to‘lanmayotganidan shikoyat qilmoqda

    02.01.2021, 09:30

    “O‘zgidromet” 2-yanvar kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    02.01.2021, 08:12

    Namanganda YHXB xodimi bo‘lish niyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yo‘l-patrul mashinalarini boshqardi

    02.01.2021, 07:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.