Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning birinchi kunida 1644 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu oxirgi 4 yildagi eng kam ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 2018-yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yilda 1708 nafar, 2020-yilda esa 1974 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.
2021-yilning 1-yanvar kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 810 nafari qiz, 834 nafari esa o‘g‘il bola bo‘lib, eng ko‘p bola Farg‘ona viloyatida (202 nafar) dunyoga kelgan.
- 2-o‘rinda — Qashqadaryo viloyati (196 nafar);
- 3-o‘rinda — Samarqand va Namangan viloyatlarida (169 nafardan);
- 4-o‘rinda — Jizzax viloyatida (151 nafar chaqaloq);
- 5-o‘rinda — Toshkent shahri (139 nafar);
- 6-o‘rinda — Toshkent viloyati (126 nafar);
- 7-o‘rinda — Surxondaryo viloyati (95 nafar);
- 8-o‘rinda — Andijon va Buxoro viloyatlari (79 nafardan);
- 9-o‘rinda — Xorazm viloyati (71 nafar);
- 10-o‘rinda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi (66 nafar);
- 11-o‘rinda — Sirdaryo va Navoiy viloyatlari (51 nafardan).
Mavzuga doir: Andijonlik 39 yoshli ayol 11-farzandini dunyoga keltirdi
Izoh (0)