O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov 10-noyabr kuni Toshkentda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan 4 raundli “Demokratik debat”da iste’mol savatchasi haqidagi savolga javob berdi, deb yozmoqda Repost.
Uning aytishicha, Toshkentda 2,5 million so‘m oylik oluvchi bir nafar boquvchi 5 kishidan iborat oilani boqishi mumkin.
Ulug‘bek Inoyatov 2018-yilning iyunida Xalq ta‘limi vaziri lavozimidan ozod etilib Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlangandi. Keyinroq XDP Markaziy kengashi raisi lavozimidan ketgan Hotamjon Ketmonov o‘rnini egallagan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning sentabr oyida XDP O‘zbekistonda “tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor”ni belgilash tashabbusi bilan chiqqan edi.
Izoh (0)