• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda tez yordam xodimlari COVID-19’ga qarshi kurashganlarga rag‘bat puli to‘lanmayotganidan shikoyat qilmoqda

    Qashqadaryo viloyatida tez yordam xodimlari koronavirus pandemiyasi davrida kasallikka qarshi kurashgan shifokor va tez yordam haydovchilariga rag‘bat puli to‘lanmayotganidan shikoyat qilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Qarshi shahar tez tibbiy yordam stansiyasining Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyuldagi “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 446-sonli va 2020-yilning 24-sentabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 583-sonli qarorlarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lanmayotganidan norozi vakillari bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo”

    “Biz koronavirus pandemiyasi davrida kasallikka chalinganlar bilan ishlaganimiz uchun to‘lab berilishi lozim bo‘lgan rag‘bat pullari bor edi. Biroq shu pullar to‘lab berilmagani sabab biz o‘z ma’muriyatimizga, mas’ullarga murojaat qildik. Sog‘liqni saqlash boshqarmasidan bu haqda topshiriq berilmagan degan javob bo‘ldi. Shundan so‘ng Prezident qabulxonasi, Virtual qabulxonalar, prokuratura va boshqa tashkilotlarga murojaat qildik. Ammo birorta tashkilotdan tayinli javob ololmadik. Viloyat moliya boshqarmasi bizga bu haqda ko‘rsatma berishmagan, shuning uchun to‘lab berilmaydi deya javob berdi”, — deydi Qarshi shahar tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori Ramiz Rahmonov.

    Ramiz Rahmonov.

    Ramiz Rahmonov.
    Foto: “Daryo”

    Tez yordam shifokorlarining aytishicha, ular koronavirus bilan kasallangan bemorlar xonadonida bo‘lib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Ahvoli og‘ir bemorlarni boshqa shifoxonalarga o‘tkazishda ham ishtirok etgan.

    Hamza Abilov.

    Hamza Abilov.
    Foto: “Daryo”

    “Biz ham COVID-19 brigadalarida bemorlar xonadoniga borib, bemorlar bilan ishladik. Hatto og‘ir ahvoldagi bemorlarni boshqa shifoxonalarga o‘tkazishda ishtirok etdik. Shu sabab o‘zimiz ham koronavirus yuqtirib oldik. Davolanib ham chiqdik. Biz koronavirus yuqtirib olganimiz uchun hech qanday pul so‘ramayapmiz, bizga faqat va’da qilingan olti foizlik rag‘bat pullari to‘lab berilsa, bas”, — dedi shifokor Hamza Abilov.

    Tez yordamning yana bir shifokori Abdulla Rashidovning ma’lumot berishicha, koronavirusga qarshi kurashgan shifokorlarning aksariyati kasallik yuqtirib olgan va davolangan. Ayni paytda davolanayotganlarga esa e’tibor yo‘q.

    Abdulla Rashidov.

    Abdulla Rashidov.
    Foto: “Daryo”

    “Pandemiya davrida ko‘p marotaba chaqiruvlarga chiqib, koronavirus yuqtirgan bemorlar bilan ishlab, kasallik ham yuqtirib oldim. Mendek kasallik yuqtirib, hozir ham davolanayotganlar bor. Ammo ularga e’tibor yo‘q. Bizga esa va’da qilingan rag‘bat pullarini ham to‘lab berishmayapti”, — deydi Abdulla Rashidov.

    Shifokor G‘ayrat Usmonov ularga va’da qilingan rag‘bat puli to‘qqiz oydan buyon to‘lanmayotganini aytsa, tez yordam haydovchisi Musaxon Jalolov boshqa viloyatlarda hamkasblariga va’da qilingan pullar to‘lab berilganini aytmoqda.

    G‘ayrat Usmonov.

    G‘ayrat Usmonov.
    Foto: “Daryo”

    “Bizga berilishi kerak bo‘lgan rag‘bat pullari qo‘limizga tegmayapti. Eshitishimiz bo‘yicha, boshqa viloyatlarda tez yordam xodimlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan rag‘bat pullari berilgan. Buni o‘sha viloyatdagi hamkasblarimiz ham tasdiqlashdi. Ammo bizda paysalga solinmoqda. Biz shuning sababini bilmoqchimiz. Mas’ullar bizga rag‘bat puli to‘lanishi lozimligini nazarda tutuvchi qarorlarni ham bajarmayapti”, — deydi tez yordam haydovchisi Musaxon Jalolov.

    Musaxon Jalolov.

    Musaxon Jalolov.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh iqtisodchisi Shomurod Boymurodov bunday vaziyat kelib chiqishiga Qarshi shahar tez tibbiy yordam stansiyasi rahbariyati aybdor ekanini, ular o‘z vaqtida rag‘batlantirilishi lozim bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini taqdim etmaganini aytsa, Qarshi shahar tez tibbiy yordam stansiyasi boshlig‘i Ulash Vohidov esa “bizdan endi ro‘yxat so‘rashdi”, dedi.

    Foto: “Daryo”

    “Bunday vaziyat kelib chiqishiga yuz foiz Qarshi shahar tez tibbiy yordam stansiyasi rahbariyati aybdor. Sababi ular o‘z vaqtida rag‘batlantirilishi lozim bo‘lganlar ro‘yxatini bizga bermagan. Shu sabab o‘sha va’da qilingan rag‘bat pullari haligacha to‘lab berilmagan. Ammo endi ro‘yxat taqdim etilyapti va tez orada to‘lab beriladi”, — dedi Shomurod Boymurodov.

    Foto: “Daryo”

    “Bizdan endi ro‘yxat so‘rashdi. Va biz endilikda o‘sha ro‘yxatni tuzib, rag‘batlantirilishi lozim bo‘lganlar ism-familiyasi va ishlagan paytini ko‘rsatib taqdim etyapmiz”, — deydi Qarshi shahar tez tibbiy yordam stansiyasi boshlig‘i Ulash Vohidov.

    Ulash Vohidovning ma’lumot berishicha, koronavirus pandemiyasi davrida shahar tez tibbiy yordam stansiyasidagi mavjud 21 ta brigadaning 3 tasi koronavirus bemorlarini tashishi rejalashtirilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Biroq shifoxonalarga iyun oyida 10 nafar, iyul oyida 342 nafar va avgust oyida 325 nafar koronavirus bilan kasallangan bemor olib borilgan bo‘lsa, shuncha bemorni o‘sha belgilangan 3 ta brigada olib bordi desak, xato qilamiz. Barcha brigadalar bemor tashidi. To‘g‘ri, qaysidir brigada balki oy davomida 1 nafar bemorni shifoxonaga yetkazgan bo‘lishi mumkin. Ammo shu ishda ishtirok etdi. Biz endilikda o‘sha brigada va nechchi nafar bemor yetkazilganini aniqlashtirib, ro‘yxat taqdim qilyapmiz. Sababi qarorda bajarilgan ish hajmiga qarab rag‘batlantirilishi lozimligi qo‘shimcha qilingan”, — dedi Ulash Vohidov.

    Foto: “Daryo”

    Tez tibbiy yordam haydovchilari qish mavsumida ishlash ular uchun qiyinchilik tug‘dirayotganini, brigadalarga ajratilgan avtomobillar talabga javob bermayotganini ham aytmoqda.

    Asqar Abdullayev.

    Asqar Abdullayev.
    Foto: “Daryo”

    “Vaqtida ‘zapchast’ berilmaydi, ‘zapchast’ni xuddi o‘zimizni mashinamizga so‘rayotgandek, yalinib olamiz. Mashina talabga javob bermagani sabab ko‘chada qolib ketish holatlarimiz ham bo‘ladi. Shaxsan o‘zim bir yildan beri benzin nasos so‘rayman, ololmayman. Qish masumida avtomobillarimizga sifatli moy va talabga javob bermaydigan antifriz solganimiz bois, qiynalib ketyapmiz. Stansiyadagi hojatxonaga borsangiz, ahvoliga qarab bo‘lmaydi. Umuman qarov yo‘q, shart-sharoit yo‘q”, — deydi haydovchi Asqar Abdullayev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan mas’ullar tilga olingan kamchiliklar tez orada bartaraf etilishini, tez yordam xodimlariga to‘lab berilishi lozim bo‘lgan rag‘bat pullari ham yaqin kunlarda to‘lanishini va’da qildi.

    02.01.2021, 09:30   Izoh (0)   31799
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” 2-yanvar kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    02.01.2021, 08:12

    Namanganda YHXB xodimi bo‘lish niyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yo‘l-patrul mashinalarini boshqardi

    02.01.2021, 07:30

    O‘zbekistonda maktablarga 2020-yilda eng ko‘p yordam bergan vazirlik va idoralar ro‘yxati ma’lum qilindi

    01.01.2021, 23:37

    O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi

    01.01.2021, 21:35

    O‘zbekistonda 100 dan ortiq maktablarda “Xavfsiz maktab” tizimi joriy etildi

    01.01.2021, 20:34

    Toshkentda 3 ballik zilzila qayd etildi

    01.01.2021, 19:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda echkiemarga nos chektirgan fuqaroga jazo tayinlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:20

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Avtomobilning qaysi qismida eng ko‘p bakteriyalar to‘planishi ma’lum bo‘ldi

    Layfstayl | 20 iyun, 18:19

    “O‘zbekistonda 7 mln odam toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan” — Jahon banki vakili

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:08

    Filippinda 175 mln dollarlik giyohvand moddalar kontrabandasi qo‘lga tushdi

    Dunyo | 20 iyun, 18:05

    Farg‘onada xonadonlardan biri yonayotgan “dom”dan 7 kishi qutqarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:55

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30

    BMT Isroil armiyasi va xavfsizlik kuchlarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

    Dunyo | 20 iyun, 17:45

    Aktyor Burak O‘zchivit imijini o‘zgartirdi — muxlislar uni tanimay qolishdi (foto)

    Kino | 20 iyun, 17:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.