• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda viloyat hokimlari Yangi yilni qanday kutib olmoqchi?

    O‘zbekistondagi viloyat hokimliklarining matbuot xizmati “Xalq so‘zi online” nashriga bergan ma’lumoti asosida viloyat rahbarlari Yangi yilni qanday kutib olishi ma’lum qilindi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyatida korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari, jumladan, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Yangi yilni o‘z ish joyida kutib oladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Biz Andijon viloyatining 3 million 172 ming 116 nafar aholisi tinchligi, osoyishtaligiga mas’ulmiz. Xalqimiz bayramni ko‘ngildagidek nishonlashi uchun hamma sharoitni yaratish, bayram tadbirlarini ko‘ngildagidek o‘tkazishlarini ta’minlash shu kunning eng katta vazifasidir. Shu sabab shu kuni viloyatdagi barcha rahbarlar o‘z ish joylarida bo‘ladi va Yangi yilni xizmat faoliyati davomida kutib oladi.

    Biz uchun viloyatimiz aholisining tan-sihatlikda, tinchlik-xotirjamlikda o‘tgan har bir soniyasi katta bayramdir!”, – deydi viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov.

    Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev Yangi yil bayrami kuni ishxonada o‘zi navbatchilik qiladi, bu har yili takrorlanadigan holat ekani ma’lum qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hokimning oilasi va farzandlari Yangi yil kirishidan oldin viloyatdagi Yurt bayrog‘i maydoniga keladi, G‘ofur Mirzayev ular bilan birga maydonni aylanib, sayr qiladi. Yangi yil kirish vaqti hokim uyiga kirib chiqadi va yana ishga qaytadi.

    Navoiy viloyat hokimi Qobul Tursunovning ham bayram kungi ish tartibi odatiy ish kunidek tig‘iz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bugun ham u hokimlikdagi kundalik qabullardan so‘ng Nurota tumanidagi “Muruvvat uyi”ga borib muassasada yashovchilarni Yangi yil bayrami bilan qutlab, sovg‘alarni topshirgan.

    Qaytishda esa hokim G‘ozg‘on shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi 96 yoshli Tursunqul ota Ergashevni bayram bilan qutlashga ham ulgurgan. Qabuliga kelganlar bilan ham gaplashgan.

    Viloyat hokimi kunning qolgan qismidagi o‘z rejalarini quyidagicha bayon etgan.

    “Biz har yili aka-uka, opa-singillar soat to‘qqizdan o‘tib, tug‘ilib voyaga yetgan hovlimizga yig‘ilamiz. Ota-onamizni bayram bilan qutlab, keyin tarqalamiz. Bugun ham shunday, hozir hoji boboni tabriklab, keyin uyga qaytaman. Yangi yilni oilamiz farzandlarimiz davrasida kutib olaman.

    Navoiyda har yili 30 mingga yaqin kishi Yangi yilni o‘z ish o‘rinlarida kutib olishadi. Ular ishi uzluksiz tashkil etilgan NKMK va “Navoiy azot”, “Qizilqumsement”, Navoiy IES ishchi mutaxassislari hamda sog‘liqni saqlash muassasalari va tinchlik, osoyishtaligimiz posbonlaridir. Yangi yil kirgach, mazkur korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan bog‘lanib, bayram bilan qutlash bahonasida vaziyatdan ogoh bo‘laman. Uyda qolish yoki qolmaslikni vaziyatga qarab belgilayman”, – deydi Qobul Tursunov.

    Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham Yangi yil bayrami kuni odatda kun davomida ish joyida bo‘ladi. Ayni daqiqalarda ham viloyat hokimligida davlat ishlari bilan band. Navbatchilar ishining borishini nazoratga olgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu o‘rinda bir ma’lumot, bugungi kunda samarqandliklarni ko‘tarinki kayfiyatda Yangi yilni kutib olishlari uchun shaharning aholi gavjum bo‘lgan 7 ta hududida bayram archalari o‘rnatilgan.

    Mazkur archalar atrofida 2020-yilning 15-dekabridan 2021-yilning 15-yanvariga qadar bayram tadbirlari, konsert dasturlari va turli xil ko‘ngilochar tomoshalar namoyish etilmoqda.

    Erkinjon Turdimov tungi vaqtda shaharning Kimyogarlar, So‘lim va Farhod qo‘rg‘oni hamda viloyat musiqali drama teatri binosining old qismi, temiryo‘l vokzali, Sattepo maskani va Qorasuv mavzesida o‘rnatilgan mazkur Yangi yil archalarining barchasiga shaxsan borib, aholining bayram kayfiyati bilan qiziqadi. Shuningdek, bu joylarda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda ularning pandemiya qoidalariga rioya qilayotganligini o‘rganadi.

    Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lumot berishicha, viloyat hokimi bayramda kechki payt oila davrasida bo‘lishga ham ulguradi.

    Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev Yangi yil kirish daqiqalarida oilasi davrasida bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Har yili Mustaqillik, Navro‘z va Yangi yil bayramlarida Prezidentimiz tabriklarini oilaviy eshitish odat tusiga kirib qolgan. Bu holat ko‘pchilikda kuzatilsa kerak. Shunday ekan, telefon orqali bo‘lsa ham samarqandlik qarindoshlarni tabriklab, biroz Qarshi shahridagi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirib, ayniqsa, kommunal sohada viloyatimizda muammo chiqmasligiga amin bo‘lganimdan so‘ng uyga oshiqaman”, – deydi viloyat hokimi.

    Mavzuga doir:

    • Rimliklar daryoga sakraydi, Gretsiyada tangali pirog pishiriladi: Dunyoning turli mamlakatlarida Yangi yil qanday kutib olinadi? (foto)
    • Yil sarhisobi: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilda borgan manzillari (foto)

    31.12.2020, 22:36   Izoh (0)   98865
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moliya vazirligi 2021-yilda O‘zbekistonning soliq siyosatida kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi

    31.12.2020, 21:35

    Bayram kunlarida ham qarzdorlik uchun elektr energiyasi ta’minoti uzilishi mumkin – “Hududiy elektr tarmoqlari”

    31.12.2020, 21:11

    Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga pandemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    31.12.2020, 20:34

    Qo‘qonda va’da qilingan yangi gaz taqsimlash stansiyasi ishga tushirildi

    31.12.2020, 19:37

    Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qonun loyihasi Oliy Majlisda uch marta o‘qilgani aytildi. Lekin bu haqda xabar qilinmagan

    31.12.2020, 18:36

    Toshkentda 8 kilometrlik yangi gaz quvurini qurish boshlandi

    31.12.2020, 17:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 19:50

    “Real” klublar o‘rtasidagi JCHdan so‘ng o‘z safiga yana bir himoyachini qo‘shib oladi

    Sport | 30 iyun, 19:40

    Suriya Isroilga nisbatan 60 yillik hududiy da’volaridan voz kechdi

    Dunyo | 30 iyun, 19:40

    Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 19:30

    “Birinchi xonimga ko‘ylak tikish katta mas’uliyat”. Diyora Usmonova kiyim brendi, hayotidagi fojialar va asrab olgan farzandlari haqida

    Layfstayl | 30 iyun, 19:22

    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

    Reklama | 30 iyun, 18:00

    Yevropa rahbarlari NATO kechki ziyofatida Trampni Rossiyaga nisbatan qattiqroq siyosat yuritishga undadi

    Dunyo | 30 iyun, 19:11

    Polsha snaryadlar ishlab chiqarishni besh baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 30 iyun, 19:00

    Seulda “Kalmar o‘yini” seriali sharafiga parad o‘tkazildi

    Kino | 30 iyun, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.