• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qonun loyihasi Oliy Majlisda uch marta o‘qilgani aytildi. Lekin bu haqda xabar qilinmagan

    Taraqqiyot strategiyasi markazida Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining videokonferensaloqa tarzida majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”. Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qonun bilan sud tizimida tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirilayotganini inobatga olib, Konstitutsiyaning 107-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda. O‘zgartirish kiritilayotgan moddada aniqlik kiritilishicha, O‘zbekiston sud tizimi Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma’muriy sudlardan iborat. Ushbu o‘zgartirish O‘zbekiston prezidentining 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra kiritilmoqda. Farmonga ko‘ra, 1-yanvardan boshlab sud tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.

    Tadbirda ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan Konstitutsiyaning 128-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga zid ravishda keng jamoatchilikka muhokama uchun e’lon qilinmagani va palata rasmiy saytiga joylashtirilmagani borasida savol berilgan. Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud raislari o‘rinbosarlari bunga o‘z munosabatini bildirgan.

    “Bu tashabbus o‘zimiz, ya’ni sudlar xohlagani uchun emas, balki xalq shuni talab qilgani uchun bildirildi. Ana o‘sha jarayonda senator va deputatlarimiz joylarga chiqib xalqning fikrini, bu boradagi qiyinchiliklarini o‘rgandi.

    Aytib o‘tganimdek, qanchalik yuk yelkamizga tushayotganini bilgan holda bunga rozi bo‘lyapmiz. Chunki bugun bu ishni qilmasak, erta qilishimiz kerak. Farmon (loyihasini) tayyorlash jarayoni ikki yil davom etdi. Farmon qabul qilinib, e’lon qilindi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borildi.

    Undan tashqari, Oliy Majlisda 3-marta o‘qildi (Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi), har bir o‘qilgandan keyin intervyular berildi, televideniye orqali mazmun-mohiyati keng yoritildi. Men jamoatchilik bundan bexabar, degan fikrlarga qo‘shila olmayman”, — degan Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov.

    Biroq Oliy sud raisi o‘rinbosari ta’kidlaganidek, Prezident farmoni qabul qilingandan so‘ng ishlab chiqilgan qonun loyihasi matni Qonunchilik palatasi rasmiy saytida e’lon qilinmagan, bu esa “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga zid hisoblanadi. Shu bilan birga, loyiha birinchi o‘qishda qabul qilingani, muhokamalar jarayoni qanday kechgani haqida jamoatchilikka batafsil axborot berilmagan.

    Konstitutsiyaviy sud raisi o‘rinbosari Asqar G‘ofurov esa Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagani bo‘yicha masala Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqilmaganini aytdi va bu masalani ko‘rib chiqishga asos yo‘q deb hisoblashini ma’lum qildi.

    “Men savolga o‘zimning fikrimni bildirishdan avval bir narsaga e’tibor qaratishingizni xohlayman. Hozirgi kunda 7 kishidan iborat kollegial organ tomonidan majlisda bir fikrga kelib qaror qilinsa, shu Konstitutsiyaviy sudning munosabati bo‘ladi. Men Konstitutsiyaviy sud vakiliman, lekin uning nomidan Konstitutsiyaviy sud munosabatini bildira olmayman. Sababi bu masala (qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagani – tahr.). Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqilmagan va ko‘rib chiqishga ham asos yo‘q deb o‘ylayman.

    (Qonun loyihasi) Prezident farmonini qabul qilish jarayonlarida xalq muhokamasidan o‘tgan. Ya’ni boshqacha shakllarda shu o‘zgartirishlardan jamoatchilik xabardor qilingan. Yana bir bor ta’kidlayman, bu – Konstitutsiyaviy sudning munosabati emas, fuqaro va mutaxassis sifatidagi fikrim”, — degan u.

    Eslatib o‘tamiz, Senat ushbu qonunni 18-dekabr kuni o‘tkazilgan o‘zining so‘nggi yalpi majlisida ko‘rib chiqishi kerak edi, biroq internetda Konstitutsiyaga muvofiq (128-modda) parlament Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni faqat keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng qabul qilishi mumkinligi to‘g‘risida maqolalar e’lon qilingach, masala kun tartibidan olib tashlangan edi.

    Senat raisi Tanzila Norboyeva “Konstitutsiya bizning bosh qomusimiz. Unga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish xalqimiz bilan bemaslahat qilinmaydi. O‘zbekistonda hech bir narsa sirli emas. Hamma masala ochiq-oshkoralik bilan qabul qilinyapti, ko‘rib chiqilyapti, xalq bilan bamaslahat qilinyapti”, — deb aytgandi.

    30-dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qonun Senat saytiga joylashtirildi. Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 24-noyabrda qabul qilingan va ayni vaqtda parlament yuqori palatasining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Ma’lumot uchun, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasiga shu paytgacha 14-marta o‘zgartish kiritilgan. Konstitutsiyaning 128-moddasi talabiga ko‘ra, Oliy Majlis tegishli taklif kiritilgandan keyin 6 oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin.

    Mavzuga doir: “Men faqatgina Qonunchilik palatasi uchun javob beraman”. Akmal Saidov Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish masalasidagi bahslarga munosabat bildirdi

    31.12.2020, 18:36   Izoh (0)   10874
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 8 kilometrlik yangi gaz quvurini qurish boshlandi

    31.12.2020, 17:13

    Uchtepa tumanida o‘tkazilgan “Qorbobolar paradi”da 1000 ga yaqin aholi qatnashdi (video)

    31.12.2020, 16:34

    Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning sudida navbatdagi guvohlar ko‘rsatmalari tinglandi. Sud 4-yanvargacha tanaffus e’lon qildi

    31.12.2020, 15:33

    Rossiya Farg‘ona viloyatidan quruq mevalar importiga taqiqni bekor qildi

    31.12.2020, 14:32

    O‘zbekistonda 1-yanvar kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda

    31.12.2020, 13:36

    Yil sarhisobi: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilda borgan manzillari (foto)

    31.12.2020, 12:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20

    Qadimgi Misr diyetasi: mashhur piramidalar quruvchilari qanday ovqatlangan?

    Layfstayl | 18 iyul, 22:05

    Bir qator mamlakatlarda Google ishida uzilishlar yuz berdi

    Dunyo | 18 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.