• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Moliya vazirligi 2021-yilda O‘zbekistonning soliq siyosatida kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi

    O‘zbekiston Moliya vazirligi 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlarni ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, Moliya vazirligi yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga 2021-yil 1-yanvardan kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborot xabarini Davlat soliq qo‘mitasi, hududiy boshqarmalar va quyi bo‘g‘in tashkilotlarga yuborgan.

    Soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bo‘yicha asosiy o‘zgarishlar

    1. QQS

    Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, shuningdek, soliq stavkasi 15 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda. Tushum hajmidan qat’iy nazar QQS to‘lovchisi korxonalar doirasi quyidagi korxonalar hisobiga kengaytirilmoqda:

    • alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalari;
    • bozor va savdo komplekslari.
    Tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasi oyiga bir milliard so‘mdan oshmaydigan soliq to‘lovchilar uchun soliq davri chorak etib belgilanmoqda.

    2. Aksiz solig‘i

    Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda. Aksiz solig‘i stavkalari Soliq kodeksi (289(1) va 289(3) moddalari) bilan belgilanmoqda. Ushbu moddalarda tovar pozitsiyalari mavjud bo‘lmagan tovarlar pozitsiyalariga aksiz solig‘i hisoblanmaydi. 73 turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i bekor qilinmoqda, shu jumladan, elektrotexnika mahsulotlari, traktorlar va yarim tirkamalar, oziq-ovqat mahsulotlari va h.k.

    3. Foyda solig‘i

    Foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning 2020-yilda amalda bo‘lgan tartibi, shuningdek soliq stavkalari saqlanib qolinmoqda. 2021-yilning 1-yanvardan boshlab, Soliq kodeksining 304-moddasining 8-, 9-, 14-, 15- va 17-bandlariga muvofiq, kelib tushgan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan), shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlari berilganligi natijasida bo‘shagan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulklar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilmaydi va amortizatsiya qilinmaydi.

    Amortizatsiyalanadigan aktivning qiymati qayta baholashni hisobga olmagan boshlang‘ich qiymatidan hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.

    4. Jismoniy shaxsdan olinadigan daromad solig‘i

    Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, shuningdek, 12 foiz miqdorda soliq stavkasi saqlab qolinmoqda. Qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘lovchilari uchun quyidagilar nazarda tutilgan:

    • ushbu toifadagi soliq to‘lovchilar uchun stavkalar Soliq kodeksida belgilanmoqda. Bunda, 2020-yilda amalda bo‘lgan soliq stavkalari miqdori saqlab qolinmoqda;
    • jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olgan daromadiga 12 foiz miqdoridagi soliq stavkasida soliq solinadi;
    • Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliq summalarini YaTT faoliyatini amalga oshiradigan joy xususiyati, shuningdek, faoliyati turining mavsumiy tusdaligini inobatga olib, 0,7dan 1,3gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilash huquqi saqlab qolinmoqda;
    • YaTT bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq to‘lov manbaida soliq agenti – YaTT tomonidan soliq to‘lovchiga daromad to‘langanda hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi.
    5. Ijtimoiy soliq

    Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, shuningdek, 2020-yilda amalda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun 12 foiz va budjet tashkilotlari uchun 25 foiz miqdorida soliq stavkalari saqlanib qolmoqda. Ayrim toifadagi shaxslar uchun quyidagilar nazarda tutilmoqda.

    Mehnat staji hisoblanishi uchun yiliga kamida 1 bazaviy hisoblash miqdorida soliq to‘lanishi quyidagicha amalga oshiriladi:

    Ixtiyoriy tartibda:

    • o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar;
    • mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari, chet davlatlarda tashkilot etilgan savdo uylari, vakolatxonalar (shu jumladan, yuridik shaxs tashkil etmagan holda) va tashkilotlarda ishlayotgan shaxslar tomonidan.
    Majburiy tartibda:
    • “Ustoz—shogird” maktablari o‘quvchilari tomonidan ular yigirma besh yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davrida;
    • dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, maydoni to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam bo‘lmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar. Bunda dehqon xo‘jaligi rahbari soliqni majburiy tartibda to‘laydi, boshqa a’zolari va ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda to‘laydi.
    Ushbu toifadagi jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lash muddati hisobot yilining 1-dekabrigacha belgilanadi.

    6. Aylanmadan olinadigan soliq

    Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda. Rieltorlik xizmatini ko‘rsatuvchi shaxslarga soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha kamaytirildi. Qolgan soliq to‘lovchilar uchun 2020-yilda amalda bo‘lgan soliq stavkalari saqlab qolinmoqda.

    7. Mulk solig‘i

    Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek, yuridik shaxslar uchun bazaviy soliq stavkasi 2 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.

    Soliq kodeksining 415-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkasini 0,2 dan 0,4 foizga oshirish yo‘li bilan yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasini bosqichma-bosqich bazaviy stavkaga yetkazish davom ettirilmoqda. Yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasi 2020-yil 1-yanvardan boshlab, avval soliq imtiyozlari taqdim etilgan obyektlar bo‘yicha joriy etilgan edi.

    Jismoniy shaxslar uchun 2020-yilda amalda bo‘lgan soliq stavkalari 1,15 baravariga indeksatsiya qilinadi. Bunda jismoniy shaxslar uchun 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan soliq summasi, 2020-yilda hisoblangan soliq summasiga nisbatan 30 foizdan ko‘p oshirilishi mumkin emas.

    Turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari bo‘yicha soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda.

    8. Yer solig‘i bo‘yicha

    Yuridik va jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolinmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Adham Ikromov O‘zbekistonda tabaqalashtirilgan QQSga o‘tilishini aytdi
    • Moliya vazirligi O‘zbekistondagi 20 nafar eng yirik soliq to‘lovchini ma’lum qildi

    31.12.2020, 21:35   Izoh (0)   23164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayram kunlarida ham qarzdorlik uchun elektr energiyasi ta’minoti uzilishi mumkin – “Hududiy elektr tarmoqlari”

    31.12.2020, 21:11

    Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga pandemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    31.12.2020, 20:34

    Qo‘qonda va’da qilingan yangi gaz taqsimlash stansiyasi ishga tushirildi

    31.12.2020, 19:37

    Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qonun loyihasi Oliy Majlisda uch marta o‘qilgani aytildi. Lekin bu haqda xabar qilinmagan

    31.12.2020, 18:36

    Toshkentda 8 kilometrlik yangi gaz quvurini qurish boshlandi

    31.12.2020, 17:13

    Uchtepa tumanida o‘tkazilgan “Qorbobolar paradi”da 1000 ga yaqin aholi qatnashdi (video)

    31.12.2020, 16:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.