Butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 68 million kishidan oshdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib kelayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.
Hozirga qadar dunyoda COVID-19 oqibatida 1,5 milliondan ortiq odam vafot etgan, 43,9 million kishi sog‘aygan.
Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda ketmoqda — 15,1 million. Ikkinchi o‘rinni 9,7 million ko‘rsatkich bilan Hindiston egallagan bo‘lsa, Braziliya uchinchi o‘rinda — 6,7 million. Rossiyada esa pandemiya boshlanganidan buyon 2,49 million kishida koronavirus tasdiqlangan.
Virus qurbonlari soni bo‘yicha ham yetakchilik AQShga nasib etgan (286 mingdan ortiq), ikkinchi o‘rinda Braziliya (178 ming), Hindiston — uchinchi o‘rin (140,9 ming).
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 29-noyabr kuni 62 million, 4-dekabr kuni 65 million, 5-dekabr kuni 66 million, 7-dekabr kuni 67 million kishidan oshgandi.
Mavzuga doir:
- Yevroittifoq COVID-19’ga qarshi vaksina va testlarni QQSdan ozod qildi
- Bloomberg: Kanada 154 mln kishini emlashga yetarli COVID-19’ga qarshi vaksina buyurtma qildi. Bu mamlakat aholisi sonidan 4 baravar ko‘p
- JSST 2021-yilning birinchi choragida koronavirusga qarshi 500 mln doza vaksina tarqatish niyatida
Izoh (0)