Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa ittifoqi kengashi a’zo mamlakatlarga 2022-yil oxirigacha Yevroittifoq hududida koronavirusga qarshi vaksinalar, COVID-19’ga testlar va shu bilan bog‘liq xizmatlarni qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)dan ozod etish uchun ruxsat berdi, deb yozadi “Gazeta.uz” Yevroittifoq kengashi bayonotiga tayanib.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Bunday qaror test to‘plamlari va vaksinalarning narx jihatdan hamyonbopligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Yevroittifoq mamlakatlari o‘z qarorlaridan kelib chiqib, ushbu mahsulotlar uchun pasaytirilgan QQSni qo‘llashi ham mumkin, deyiladi bayonotda.

Qabul qilingan chora-tadbirlar faqat Yevropa komissiyasi yoki a’zo davlatlar tomonidan ma’qullangan COVID-19’ga qarshi vaksinalarga hamda Yevroittifoq qonunchiligiga muvofiq keluvchi test to‘plamlariga tegishlidir.

Yevroittifoq oltita G‘arb kompaniyalari bilan jami 2 milliard vaksina dozasi uchun oldindan buyurtma haqida shartnomalar tuzgan, bular AstraZeneca, Sanofi-GSK, Johnson & Johnson, CureVac, Moderna va BioNTech — Pfizer konsernidir.

Avvalroq Pfizer va BioNTech kompaniyalari o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasini Yevropa ittifoqida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bergan edi, dori ma’qullangan taqdirda, Yevropada yil oxirigacha foydalanilishi mumkin bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?