• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda homilador ayollarning deyarli uchdan bir qismi anemiyadan aziyat chekadi — YuNISEF

    O‘zbekistonda homilador ayollar va kichik yoshdagi bolalarning katta qismida ovqatlanish ratsioni talab darajasida emas. Bu haqda YuNISEFning O‘zbekistonda bolalar salomatligi va ta’limi haqida taqdim etgan hisobotiga tayanib “Kun.uz” xabar berdi.

    Foto: “Podrobno.uz”

    Foto: “Podrobno.uz”

    Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda oxirgi 20 yil davomida reproduktiv yoshdagi (15—49 yosh) va homilador ayollar ovqatlanishining umumiy ahvoli yaxshilangani kuzatilgan. Shunday bo‘lsa-da, farzand ko‘rish yoshidagi ayollar hanuz to‘g‘ri ovqatlanishga erisha olmayapti: homilador bo‘lmagan ayollarning qariyb 20 foizi anemiyaga chalingan, homilador bo‘lmagan ayollarning deyarli yarmida folat tanqisligi mavjud. Homilador bo‘lmagan ayollarning taxminan besh nafaridan birida V12 vitamini tanqisligi qayd etiladi.

    Homilador ayollarning ovqatlanishida ham muammolar mavjud: uning qariyb uchdan bir qismi anemiyadan aziyat chekadi.

    Bundan tashqari, homilador ayollarning yarmigina minimal maqbul diyeta xilma-xilligiga amal qiladi va bunday ayollarning har o‘n nafaridan birigina tavsiya etiladigan A vitaminli qo‘shimchalarni, har uch nafaridan birigina polivitaminli tabletkalarni qabul qiladi.

    Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekistonda chaqaloqlar va bolalarni ovqatlantirish masalasi hanuz yaxshilanishni talab etadi: 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning atigi 50 foizi faqat ko‘krak suti bilan boqiladi; 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning uchdan bir qismigina minimal darajada maqbul turli oziqalar bilan ta’minlanadi va ularning faqat 5 foizigagina minimal darajada maqbul ovqatlar ratsioni beriladi.

    Bolalar orasida mikroelementlar tanqisligi keng tarqalgan: bolalarning 15 foizi anemiyaga chalingan, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 50 foizdan ortig‘ida temir yetishmovchiligi va 6 foizida A vitamini tanqisligi aniqlangan.

    Shu bilan birga, O‘zbekistondagi bolalarning 9 foizi o‘sishdan orqada qolish alomatlariga ega, 2 foizida esa yetarlicha ovqatlanmaslik belgilari (ozg‘inlik) kuzatiladi.

    Avvalroq YuNISEF O‘zbekistonda bolalar huquqlari borasida erishilgan yutuqlar pandemiya sabab yo‘qqa chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Shuningdek, jamg‘arma O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlar bilan bog‘liq qonunchilik xalqaro talablarga to‘la mos kelmasligini ma’lum qilgan.

    Mavzuga doir: YuNISEF: O‘zbekistonda eng kambag‘al uy xo‘jaliklarining 52 foizi ijtimoiy himoyaning milliy tizimi tomonidan hech qanday yordam bilan qamrab olinmagan

    07.12.2020, 11:35   Izoh (0)   11562
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kattaqo‘rg‘onlik fuqaro tuman prokuraturasidan norozi. Uning fikricha prokuratura XTB mansabdor shaxslarining jinoyatini yashirmoqda

    07.12.2020, 11:10

    Samarqandda deyarli 600 dollarga giyohvand modda sotgan ikki yigit hibsga olindi

    07.12.2020, 08:43

    O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda investitsiya fondi tuzish masalasini ko‘rib chiqadi

    07.12.2020, 08:13

    O‘zbekiston Konstitutsiyasi va nogironligi bor shaxslar to‘g‘risidagi qonun Brayl alifbosida chop etildi

    07.12.2020, 07:33

    Ohangaronda noqonuniy tarzda 6800 qutiga yaqin pirotexnika vositalari olib ketayotgan yuk mashinasi aniqlandi

    07.12.2020, 06:49

    “It, mushuk va ilonlar orasida yashashga majbur bo‘lyapmiz”. Amalga oshmagan “Toshkent-4” terminali jabrdiydalari tang ahvolda qolgani haqida

    07.12.2020, 06:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.