Qozonning “Rubin” klubi “Spartak” yarim himoyachisi Oston O‘runovga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Biznes Online”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Tatariston klubi O‘runovni qishki transfer oynasida sotib olmoqchi va bu borada moskvaliklarga so‘rov yuborgan.
Bu ma’lumotni “Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov ham tasdiqladi.
O‘runov yozgi transfer oynasida “Ufa”dan 1 million yevro evaziga poytaxt klubiga o‘tgandi. “Rubin” yozda ham o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirgandi.
Joriy mavsum Oston “Spartak”ning RPL doirasidagi 7 ta o‘yinida maydonga tushib, birorta samarali harakat amalga oshira olmadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)