O‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Yoel Romeroning (13-5) promoushen bilan shartnomasi bekor qilindi.
Bu haqda ESPN bir nechta manbasiga tayanib xabar qilmoqda. Shuningdek, ushbu ma’lumotni Yoelning menejeri Malki Kava ham tasdiqlagan.
Ta’kidlanishicha, Romero shartnomaga ko‘ra hali UFC’da uchta o‘tkazishi kerak bo‘lgan.
43 yoshli kubalik yakkakurashchi UFC’da 14 ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasida mag‘lub bo‘lgan. Xususan, Yoel so‘nggi uchta jangini boy bergandi.
Yoel Romero ishtirokidagi janglar videosini bu yerda ko‘rish mumkin — video
U so‘nggi bor UFC 248 musobaqasida Israel Adesanyaga qarshi chempionlik jangida ishtirok etgan va unda mag‘lub bo‘lgandi.
Izoh (0)