• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yuqori moliyaviy talablar, katta o‘yinlarda “yo‘qolib” qolish va voz kechilgan oltin medal. Jasur Yaxshiboyevning Belarusdagi sarguzashtlari

    Shota Arveladze boshchiligidagi “Paxtakor”ning asosiy tarkibiga kira olmagan Jasurbek Yaxshiboyev dastlab, Belarusning “Energetik-BGU” klubiga ijaraga berildi. “Energetik” safida bir qator yorqin o‘yinlar o‘tkazganidan keyin esa uni Soligorskning “Shaxtyor”i ijaraga oldi, mavsum yakunida klub mamlakat chempionligini qo‘lga kiritganiga qaramay tomonlar hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. Shu tariqa (hozircha) Jasurning Belarusga bo‘lgan safari poyoniga yetdi. Hozirda u o‘ziga yangi klub izlash bilan ovora. “By.tribuna.com” kolumnisti Vladislav Tatur esa o‘zbek hujumchisining Belarusdagi g‘ayrioddiy sarguzashtlari haqida fikr yuritdi. “Daryo” quyida o‘quvchilarga ushbu materialni o‘zbek tilida taqdim etadi.

    Jasurbek Yaxshiboyev chempionatning birinchi turida BATEga qarshi kechgan o‘yinda dubl qayd etib, futbolimizga yarq etib kirib keldi. Borisov klubi “Energetik”ning keskin va tezkor hujumlariga dosh berolmadi, o‘zbekistonlik esa yakkama-yakka o‘yinda “sariq-ko‘klar”ning ikkala markaziy himoyachisi bilan xohlagan ishini qildi. Ushbu o‘yinning federatsiya rasmiy YouTube kanaliga joylangan videosharhini 110 ming odam tomosha qildi. Noma’lum futbolchining kutilmagan harakatlari esa barcha uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi.

    Foto: “Energetik-BGU”

    Foto: “Energetik-BGU”

    Yaxshiboyev uchun “Energetik”ning o‘yin uslubi juda mos tushgandi: 3-5-2, yonida yaxshi xislatlarga ega bo‘lgan sof hujumchining bo‘lishi, qarshi hujumlar, ko‘proq kenglik va eng yaxshi fazilatlari – tezlik va driblingni namoyish yetarlicha imkoniyat. “Talabalar” safida 14 uchrashuv o‘tkazgan Jasurbek 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yana 4 ta gol penaltidan urildi, shundan 2 tasini legionerning o‘zi ishlagandi.

    BATE Yaxshiboyevni ko‘lga kiritishni xohlagandi, biroq klubni qo‘yilgan moliyaviy shartlar cho‘chitib yubordi

    Buni BATEning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Kirill Alshevskiy xohlagandi. Mutaxassis o‘yinchining nafaqat qarshi hujum modelida, balki ko‘p vaqtni to‘pga sarflaydigan va pozitsion hujumlar uyushtiradigan jamoada ham o‘ynab keta olishiga ishongandi.

    Yaxshiboyevning Skavish, Nexaychik va Stasevich (BATEning hujumkor o‘yinchilari – “Daryo”) bo‘lgan tarkibda qaysi pozitsiyada o‘ynagan bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Ehtimol, Jasurbekka rotatsiya va asosiy tarkibdan joy olish uchun raqobat sharoitida markaziy hujumchi va vinger rolida maydonga tushish imkoniyati berilardi.

    Menga ma’lum bo‘lishicha, BATE futbolchining o‘yinida o‘sish kuzatilganda summani oshirish shartlari bilan shartnoma taklif etadi. Biroq futbolchining agentlari birdaniga barcha jihatlar bo‘yicha taklif qilinganidan ikki baravar ko‘proq pul olishni xohlaydi. Keyinchalik xuddi o‘sha yuqori moliyaviy talablar futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan Kiyevning “Dinamo”sini ham cho‘qitib yuboradi.

    Foto: “Energetik-BGU”

    Foto: “Energetik-BGU”

    Shuningdek, ushbu bitim tuzilmasida o‘ziga yarasha chalkashliklar ham mavjud edi: Yaxshiboyev transfer huquqining bir qismi “Paxtakor”ga, boshqa qismi esa uchinchi shaxslarga (agentlar nazarda tutilmoqda – “Daryo”) tegishli bo‘lgan. Futbolchining vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunda hech qanday naf bermaydi. Shu tariqa Jasurbek Soligorskka jo‘nab ketadi. “Shaxtyor” aftidan barcha shartlarni bajarishga rozi bo‘lib, o‘yinchini sotib olish varianti bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

    “Shaxtyor”ning moliyaviy imkoniyatlari Borisov klubinikidan yuqori ekanligi hech kimga sir emas. U oldin BATE ligadagi istalgan futbolchini ko‘lga kiritishda ustunlikka ega edi. Hozir va yaqin kelajakda esa bunday emas.

    Jasurbek Vitaliy Lisakovichning o‘rnini egallashi kerak edi, ammo katta o‘yinlarda “yo‘qolib” qoldi

    O‘zbek “Shaxtyor”dan ketgan Lisakovichning o‘rnini egallashi lozim edi. Umuman olganda esa ular boshqa-boshqa uslubdagi o‘yinchilardir. Ehtimol, taqqoslash mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lar, chunki birinchi davrada ular turli xil uslublarda to‘p tepgan. Vitaliy harakati va pozitsiyani to‘g‘ri tanlay olishi evaziga xavfli zonalarda to‘pni yaxshi qabul qilardi. Lisakovichga ikkinchi hujumchi roli umuman to‘g‘ri kelmaydi – u imkon qadar darvozaga yaqinroq bo‘lsam deydi.

    Yaxshiboyev esa asosan qanotlardan “reyd” uyushtirishga moslashgan. Mutaxassislar uning sof hujumchilik imkoniyatlariga yaxshi baho bergan bo‘lsa-da, Jasurbek pozitsion hujumlarda yaxshi ochilmaydi, qisqa masofalarda esa yanada yomonroq harakat qiladi.

    “Shaxtyor” safidagi “Gorodeya”ga qarshi kechgan birinchi o‘yinida o‘zbekistonlik gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, u “Vitebsk” darvozasini ham ishg‘ol etdi. Bundan tashqari, Jasurbek quyi ligaga ravona bo‘lgan “Belshina” va “Smolevichi”ga qarshi bahslarda het-trik va dubl muallifiga aylandi.

    Foto: “Shaxtyor”

    Foto: “Shaxtyor”

    Katta o‘yinlarda esa Yaxshiboyev samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. “Brest”, “Isloch”, “Dinamo Minsk”, BATE va “Minsk”ka qarshi o‘yinlar shular jumlasidandir.

    Yaxshiboyevning birinchi davradagi “Energetik” va ikkinchisidagi “Shaxtyor”dagi statistikalari solishtirilsa, uning soligorskliklar safida jamoaviy o‘yinlarda faolroq ishtirok etgani, ko‘proq assistlar amalga oshirgani ayon bo‘ladi. Shu bilan birga aldab o‘tishlar soni sezilarli darajada kamaygan. Jasurbek jarima maydonchasida kamroq to‘p qabul qila boshladi, shunga yarasha unda xavfli vaziyatlar soni ham ozaydi.

    Foto: “By.tribuna.com”

    Foto: “By.tribuna.com”

    Jamoaga moslashib keta olmadi

    “Shaxtyor”da o‘tgan besh oylik vaqt Yaxshiboyevga moslashish uchun yetarli bo‘lmadi. Aytishlaricha, u jamoada deyarli hech kim bilan muloqot qilmagan, mashg‘ulotlarda esa astoydil mehnat qilmagan. Shuningdek, uning “Rux”ga qarshi o‘yindan keyin jamoa yetakchilaridan biri bilan ziddiyatga borgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

    So‘nggi turga tayyorgarlik ko‘rish haftasida o‘zbekistonlik futbolchi noma’lum sabablarga ko‘ra, bir nechta mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan, ammo baribir asosiy tarkibda o‘yinga chiqqan, o‘yindan keyin esa hech kim uning yuzida na xursandchilik va na mamnunlikni ko‘rgan (jamoa o‘sha o‘yindan keyin chempionlikni qo‘lga kiritgandi).

    Foto: “Shaxtyor”

    Foto: “Shaxtyor”

    Stadiondan futbolchilar va murabbiylar bayramni davom ettirish uchun bazaga yo‘l oladi, ammo Jasurbek ular bilan birga emasdi. Futbolchi hatto o‘sha zahoti jamoaning ijtimoiy tarmoqdagi guruhini ham tark etgan va Minskka yo‘l olgan. Ertasiga kuniga tashkil etilgan taqdirlash marosimida ham uni hech kim ko‘rmagan. Ehtimol, oltin medal egasiga yetib ham bormagan bo‘lsa kerak.

    Nima uchun bunday bo‘lganini aytish mushkul. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Energetik”da Artem Radkov Yaxshiboyevga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. “Shaxtyor” esa futbolchilarning injiqliklari bilan o‘ralashib yurmaydigan top-klub.

    Foto: “Energetik-BGU”

    Foto: “Energetik-BGU”

    Yaxshiboyevning yozda Soligorskka o‘tish ajoyib yurish va “Shaxtyor”ning jiddiy bayonotidek tuyulgandi. Jasurbekning, albatta, jamoaga yordami tegdi, biroq kutilganicha emas. Nima bo‘lganda ham biz 2020-yilgi mavsumni Yaxshiboyevning yorqin o‘yinlari bilan ham eslaymiz.

    Jasur Belarusda o‘z nomini juda tez tanitdi va xuddi shu tezlikda u yerni tark etdi, hatto chempion bo‘lgan klubida hech kim bilan xayrlashmadi ham.

    Mavzuga doir:

    • “Barselona”, Messi, Gvardiola, palov, sevimli raqamlar va Toshkent haqida Jasur Yaxshiboyev bilan intervyu
    • Kuzga qoldirilgan to‘y, Belarusdagi qiyinchiliklar va Arveladze bilan kelishmovchilikning asl sababi. Jasur Yaxshiboyev bilan katta intervyu

    05.12.2020, 17:05   Izoh (0)   23537
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fazliddin G‘oibnazarov bugun prof boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Jangni qanday ko‘rish mumkin?

    05.12.2020, 15:46

    ESPN talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi darvozaboni va himoyachilari aniqlandi

    05.12.2020, 15:00

    Habib Nurmagomedov BBC talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi sportchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda

    05.12.2020, 14:00

    ESPN talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi yarim himoyachilari aniqlandi

    05.12.2020, 13:00

    La Liganing noyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

    05.12.2020, 12:01

    Menni Pakyao Filippinda partiya yetakchisiga aylandi. U 2022-yilda prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi

    05.12.2020, 11:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.