• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Zidan, Ibragimovich, Messi Neymar va Ronaldinyo. XXI asrning eng texnikasi yuqori bo‘lgan futbolchilari haqida

    Futbol tarixida shunday o‘yinchilar bo‘lgan va borki, ular to‘p bilan harakat qilayotganda bamisoli sehrgarga aylanadi. Himoyachilar uchun ulardan to‘pni olib qo‘yish esa uddalab bo‘lmas topshiriqdek go‘yo. Quyida aynan XXI asrning eng texnikasi yuqori bo‘lgan (“texnar”) futbolchilar haqida fikr yuritamiz.

    Tyerri Anri 

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Anri top darajadagi futbolchi bo‘lib, “Arsenal”da o‘ynagan kezlari Arsen Venger o‘yinni uning atrofida qurardi. U, asosan, qanotlardan reydlar uyushtirar va raqib himoyachilarini ko‘rdim demasdan dog‘da qoldirardi. Anri muntazam ravishda gol urishdan tashqari, golli uzatmalarni amalga oshirishni ham kanda qilmasdi.

    Tyerri Anrining “Barselona” safidagi eng qoyilmaqom gollari (video)

    Kaka

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bir qarashda Kaka texnikasi unchalik ham yuqori bo‘lmagan, odatiy yarim himoyachidek ko‘rinishi mumkin. Ammo uning “Milan” va Braziliya terma jamoasidagi o‘yinlariga diqqat bilan nazar solinsa, o‘ta nafis va hayratlanarli harakatlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Kaka maydon markazida harakat qilishiga qaramay, bir nechta raqiblarni aldab o‘tib, sherigini hal qiluvchi pallaga olib chiqardi, uning uzatmasini golga aylantirmaslik esa shunchaki “ayb” edi. Bundan tashqari braziliyalik muntazam ravishda gollar ham urib turardi.

    Kakaning “Milan” safidagi eng sara gollari va driblinglari (video)

    Pol Pogba

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Jamoaviy o‘yinga bo‘lgan munosabati uchun Pogba juda ko‘p tanqid qilinadi, biroq bir faqt borki, bunga hech kim qarshi chiqa olmaydi. Bu uning to‘pni mahorat bilan o‘zida ushlab tura olishi va raqibidan osonlikcha olib qo‘ya olishidir. To‘g‘ri, u “Manchester Yunayted”da kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayapti, biroq Pogbaning muxlislari uning “Yuventus”dagi “sehrgar”liklarini unutganicha yo‘q.

    Pogbaning “Manchester Yunayted” safidagi eng sara gollari va driblinglari (video)

    Zlatan Ibragimovich

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ibra futboldan tashqari karate bilan ham shug‘ullangani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lsa kerak va u maydonda aynan ushbu mahoratlaridan samarali foydalanadi. Hammadan baland sakrashi va boshqalarning boshi-da yetmaydigan to‘pga oyog‘i bilan zarba berishi mumkin. Uning texnikasi haqida esa ortiqcha gapirishning hojati yo‘q. Boisi u oddiy gol urishni bilmaydi. Bunga uning Yevro—2012 saralashida Angliya darvozasiga urgan golini misol keltirish kifoya bo‘loladi.

    Ibragimovichning “Milan” safida urgan 70 ta goli bitta videoda

    Neymar

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Neymar shunchaki fint qilishni va barcha raqiblarini aldab o‘tishni yaxshi ko‘radi, xolos. U futbolni shunday ko‘radi. “Santos” safida faqat mana shu bilan shug‘ullanardi. To‘g‘ri, “Barselona”da u ko‘proq jamoaviy o‘yinchiga aylandi, ammo bu undan to‘pga bo‘lgan muhabbatini tortib ololmadi. PSJga o‘tganidan so‘ng esa u ochiqchasiga raqiblarini masxara qila boshladi, biroq, afsuski, tez-tez jarohat ola boshladi. Chunki, qiziqqon fransuz himoyachilari uning qiliqlariga toqat qila olmayapti.

    Neymarning PSJ safidagi eng sara gollari va driblinglari (video)

    Mavzuga doir: Hashamatli uylar, samolyot, vertolyot va mashinalar. Neymar millionlarini nimalarga sarflaydi?

    Ronaldo

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Faoliyatining eng gullagan vaqtida “So‘yloq”ni to‘xtatish deyarli imkonsiz ish edi. Uning harakatlarida yuqori texnika bilan birga shiddat va tezkorlik ham uyg‘unlashgandi. Alohida qayd etishga arziydigan yana bir jihat, Ronaldo gollarining 60 foizini darvozabonlarni aldab o‘tib urganidir.

    Ronaldoning “Real” safidagi shedevr gollari (video)

    Mavzuga doir: Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

    Andres Inyesta

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Texnika bobida ispanlar bilan ehtiyotkorroq bo‘lgan ma’qul, boisi texnikasi yo‘q ispaniyalik futbolchini topish juda mushkul vazifa. Biroq ular orasida Inyesta alohida e’tirof etishga loyiqdir. Uchrashuvlar vaqtida u bir qator futbolchilar qurshovida qolib ketar, ammo undan to‘pni olib qo‘yish baxti kamdan kam omadlilarga nasib etardi. Shunday ekan, uning ro‘yxatdan o‘rin olmasligi maestroga nisbatan adolatsizlik bo‘lardi.

    Lionel Messi

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Messi 35 yoshga yaqinlashayotgan bo‘lsa-da, hamon to‘p bilan sehrlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Ha, to‘g‘ri, tezlik biroz pasaygan. Ammo “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksander-Arnold aytganidek, Messi himoyachilarni xuddi manekenlarni aldagandek ortda qoldiradi. Tan olish lozim, tezkor dribling va to‘pga egalik qilish borasida unga teng keladigani yo‘q. Agar afsonaviy Maradona Angliya terma jamoasiga qarshi o‘yinda 6 ta inglizni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qilgani bilan maqtansa, Messi uchun bu odatiy hol. Shunga qaramay, dunyo futbolida Messidan-da iqtidorli va nafis harakat egalari bor...

    Messining uzoq masofalardan urgan shedevr gollari (video)

    Mavzuga doir: G‘ildiraklardagi hashamat yoxud Lionel Messi qanday mashinalarda yuradi?

    Zinedin Zidan

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Zidan tom ma’noda afsonaviy futbolchi hisoblanadi. Uning o‘yinidagi rang baranglik va aniqlik kishini hayratga solardi. Zidan har doim aql bilan o‘ynagan. To‘pni qanday qabul qilish, uni qayerga uzatish, qanday driblingni amalga oshirish va qaysi burchakka zarba berish — Zidanning harakatlarini ko‘rib, u bularni o‘yindan bir necha kun oldin yodlab, keyin chiqqan degan taassurot uyg‘onardi.

    Zidanning “Real” safida urgan top-20 goli (video)

    Mavzuga doir: “Menga Zidan va 10 ta taxta bering, sizga Chempionlar Ligasi kubogini olib beraman”. Dunyo futbol yulduzlari 48 yoshni qarshi olgan Zinedin Zidan haqida

    Ronaldinyo

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ronnining ushbu ro‘yxatda birinchi bo‘lishiga hech kim e’tiroz bildirmasa kerak. Shubhasiz, Ronaldinyo futbol sehrgari edi. Aytishlaricha, uchta narsani muntazam kuzatish mumkin ekan: suvning oqishini, olovning yonishi va Ronaldinyoning o‘yinini. Agar Zidan aql va aniq o‘ynagan bo‘lsa, Ronaldinyo maydonda shunchaki ko‘ngli tusagan narsani qilardi, o‘ylab ham o‘tirmasdi. Uning uchun futbol kasb emasdi, Ronaldinyo u bilan yashardi. Inson uning driblingi va elastik harakatlarini kuzatar ekan, bir lahzaga bo‘lsa-da hamma narsani unutadi, rohatlanadi. Jahon futboli tarixida undan “texnar”roq futbolchi bo‘lmasa kerak degan fikrga, katta ehtimol bilan hech kim qarshi chiqmaydi.

    Ronaldinyoning “Barselona” safidagi barcha gollari (video)

    Mavzuga doir: “Uning o‘yinidan zavq olmaslik — jinoyat”. Dunyo futboli yulduzlari braziliyalik “sehrgar” Ronaldinyo haqida

    Bonus

    Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”dagi faoliyati

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Balki, hozir Ronaldu “texnar” futbolchi hisoblanmas, ammo tan olish lozimki, Krishtianu “Manchester Yunayted”da haqiqatan ham texnik va chiroyli futbol namoyish etardi. Aynan tezkor dribling va hech kimda yo‘q aldamchi harakatlar uni Ronaldu qilgan. “Yunayted” davridagi Ronaldu texnika borasida Neymardan qolishmasdi, balki undan ham yaxshiroq bo‘lgandir. Bu endi did masalasi... Bugungi kunda ham uning texnikasi hech qayerga yo‘qolib qolgani yo‘q, shunchaki u hujum chizig‘ini tanladi va ko‘proq gol urishni ma’qul ko‘rdi. Bor gap shu.

    Boshqa maqolalar:

    • Omad hamisha ham kelavermaydi. Zinedin Zidanning “Real”dagi “qora” kunlari haqida
    • Messiga 33 mln yevro mukofot, Neymar bilan sudlashuv va yangi transferlar uchun mablag‘. “Ko‘k-anorranglilar” ustida qora bulutlar aylanayotgani haqida
    • Di Stefano, Zidan, Ramos va Ronaldu. “Real” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar haqida
    • “Bavariya”, PSJ, “Real”, “Barselona” va manchesterliklar. Dunyoning eng qimmat klublari
    • Bir yilga kechiktirilgan Tokio Olimpiadasi o‘tkaziladimi? Agar o‘tkazilsa, qanday?

    28.11.2020, 21:03   Izoh (0)   28400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mayk Tayson qanday qilib 45 kg vazn tashlaganini ma’lum qildi

    28.11.2020, 20:30

    5 yilga futbolga oid faoliyatdan chetlatish, 90 mln so‘m jarima. O‘FA Superliganing 3 nafar hakamini jazoga tortdi

    28.11.2020, 20:13

    APL. “Liverpul” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    28.11.2020, 20:02

    Rio—2016 Olimpiadasi finalida Shahram G‘iyosovni mag‘lub etgan Daniyar Yeleusinov prof boksdagi ilk kamarini qo‘lga kiritdi

    28.11.2020, 19:51

    Habib Nurmagomedov GFC promoushenini sotib oldi

    28.11.2020, 19:36

    Belarus chempionati. Jasur Yaxshiboyevning “Shaxtyor”i so‘nggi turning so‘nggi lahzalarida chempionlikni qo‘lga kiritdi

    28.11.2020, 18:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.