Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 10-turida “Liverpul” 28-noyabr, shanba kuni “Brayton” maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning 60-daqiqasida Diogu Jota mersisaydliklarni oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada Sadio Mane mehmonlarning ikkinchi golini urgandi, biroq videotakrorlardan keyin o‘yindan tashqari holat kuzatilgani ma’lum bo‘ldi va bu gol inobatga olinmadi.
Barchasi Yurgen Klopp shogirdlarining g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda maydon egalari so‘nggi daqiqalarda penalti ishlab oldi. Uni Paskal Gross muvaffaqiyatli bajardi.
“Liverpul” 21 ochko bilan hozircha birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Brayton” (10) esa 16-pog‘onada bormoqda.
APL
10-tur bahsi
28-noyabr, shanba
“Brayton” — “Liverpul” 1:1
Gollar: 0:1 – 60 Diogu Jota, 1:1 – 90+3, penalti Gross.“Brayton”: Rayan, Uebster, Dank, Uayt, Veltman, Bissuma, Gross, March, Uelbek, Mope (Trossard, 26), Konnolli (Lallana, 63; Jahonbaxsh, 71).
“Liverpul”: Alisson, Fillips, Uilyams (Henderson, 46), Robertson, Fabinyo, Diogu Jota, Milner (Jons, 74), Minamino, Veynaldum, Saloh (Mane, 64), Firmino.
Ogohlantirishlar: Veltman (45), Uayt (82), Alisson (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)