Moderna kompaniyasi o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasi 94,5 foiz samaradorlik ko‘rsatganini e’lon qilganidan keyin AQSh fond bozorida keskin o‘sish kuzatildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Shunday qilib, S&P 500 indeksi savdolar ochilgandan bir yarim soat o‘tgach, 3624 punktga yoki 1,1 foizga ko‘tarildi, Dow Jones 29924 punktgacha yoki 1,3 foizga, Nasdaq-100 esa 12020 punktgacha yoki 0,85 foizga o‘sgan.
Asosiy birja indekslaridagi o‘sishlar bir hafta oldin AQShning boshqa bir kompaniyasi Pfizer va BioNTech kompaniyasi tomonidan yaratilgan vaksina 90 foiz samarali ekanligini e’lon qilinganidan keyin qayd etilgan o‘sishdan ko‘ra pastroq bo‘lgan.
Shu bilan birga, Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda bozor kapitallashuvining yarmidan ko‘pini yo‘qotgan United Airlines, American Airlines, Carnival va Norwegian Cruise Line kabi sayyohlik kompaniyalari aksiyalari 3,7—9,0 foizga o‘sdi.
Moderna’ning aksiyalari 8 foizga o‘sgan. Savdolar davomida kompaniyaning har bir aksiyasi narxi 100 dollarga ko‘tarildi, ammo keyin biroz pasaygan.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Moderna kompaniyasi 16-noyabr kuni sinovlarning uchinchi bosqichidagi koronavirusga qarshi vaksina 94,5 foiz samaradorlik ko‘rsatganini e’lon qildi. Moderna ishlab chiqarilayotgan koronavirusga qarshi vaksinaning yuqori samaradorligini e’lon qilgan Pfizer’dan keyingi ikkinchi AQSh kompaniyasi bo‘ldi.
Izoh (0)