Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh fond birjalari indeksi Pfizer kompaniyasi tomonidan yaratilgan COVID-19 kasalligiga qarshi vaksina haqidagi yangiliklardan so‘ng rekord darajadagi kunlik o‘sishni qayd etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: CNBC

Foto: CNBC

Aksiyalari AQSh birjalarida savdo qilinadigan eng yirik 505 ta kompaniyani o‘z ichiga olgan S&P 500 indeksi savdolar ochilganidan 15 daqiqa o‘tib 3,6 foizga o‘sdi.

AQShning 30 ta eng yirik kompaniyasini o‘z ichiga oladigan Dow Jones industrial average indeksi esa 5,1 foizga o‘sgan. Yuqori texnologiyali kompaniyalar aksiyalari bilan savdo qiladigan Nasdaq birjasi indeksi esa 0,8 foizga o‘sgan.

Business Insider nashrining qayd etishicha, dastlab aviakompaniyalar va moliya sohasi kompaniyalari aksiyalari qimmatlagan. Netflix va Zoom Video Communications kompaniyalarining aksiyalari esa aksincha pasaygan.

Zoom kompaniyasi aksiyalari vaksina haqidagi yangiliklar fonida 20 foizga qadrsizlangan, Netflix aksiyalari esa 4,6 foizga arzonlashgan. Shuningdek, videoo‘yinlar yaratuvchi kompaniyalar aksiyalar ham arzonlashgan.

AQShning Pfizer farmatsevtika kompaniyasi 9-noyabr kuni Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi bosqich sinovlarining dastlabki yakunlari haqida hisobot berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 90 foizni tashkil qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi