“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionati 7-turi doirasida “Borussiya D”ga qarshi kechgan o‘yinda (3:2) qatnashdi va gol muallifiga aylandi.
32 yoshli futbolchi myunxenliklar safidagi 300-o‘yinini o‘tkazdi. Levandovski uchrashuvning 48-daqiqada gol urishga erishdi, bu uning “Bavariya” safidagi 259-goli bo‘ldi.
Robert 2014-yilda dortmundliklar safidan “Bavariya”ga kelib qo‘shilgandi. Shundan buyon Myunxen klubida to‘p suradi.
Polshalik hujumchi 2020/21-yilgi mavsumda Bundesligada oltita o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)