Daryo

Bundesliga. “Bavariya” 5 ta gol o‘yinda “Borussiya D”dan ustun keldi

Bundesligasining 7-turida “Borussiya D” va “Bavariya” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi

2 daqiqa o‘qish32 570 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 7-turida “Borussiya D” va “Bavariya” jamoalari 7-noyabr, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Marko Roys dortmundliklarning dastlabki golini urdi. Oradan ko‘p o‘tmay myunxenliklar bunga David Alabaning jarima zarbasidan kiritgan goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Robert Levandovski sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol etdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Leroy Sane mehmonlar tezkor qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunladi. Uch daqiqa o‘tib Erling Holand maydon egalarining ikkinchi javob to‘pini kiritdi.

Bu g‘alabadan keyin ochkolarini 18 taga yetkazib olgan “Bavariya” 18 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. “Borussiya D” 15 ochko bilan 3-pog‘onadan joy olgan.

Kun davomida o‘tkazilgan o‘yinlarda “Leypsig” o‘z uyida “Frayburg”ni yirik hisobda yengdi. “Ayntraxt” esa “Shtutgart” maydonida jangovar durang qayd etdi.

Bundesliga

7-tur bahslari

7-noyabr, shanba

“Borussiya D” — “Bavariya” 2:3

Gollar: 1:0 – 45 Roys, 1:1 – 45+4 Alaba, 1:2 – 48 Levandovski, 1:3 – 80 Sane, 2:3 – 83 Holand.

“Borussiya D”: Byurki, Menye, Hummels, Akanji, Gerreyru, Sancho (Brandt, 69), Dileyni (Bellinghem, 60), Vitsel, Reyna (Azar, 69), Roys, Holand.

“Bavariya”: Noyer, Boateng (Xavi Martines, 69), Lyuka Ernandes, Alaba, Sarr, Gnabri, Goretska, Myuller, Kimmix (Tolisso, 36), Koman (Sane, 69), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Kimmix (36), Dileyni (45), Levandovski (82), Vitsel (90).

“Leypsig” — “Frayburg” 3:0

Gollar: 1:0 – 26 Konate, 2:0 – 70, penalti Zabitser, 3:0 – 89 Anxelino.

“Shtutgart” — “Ayntraxt” 2:2

Gollar: 1:0 – 17, penalti Gonsales, 2:0 – 37 Kastro, 2:1 – 61 Andre Silva, 2:2 – 75 Abraam.

“Augsburg” — ”Herta” 0:3

Gollar: 0:1 – 44, penalti Mateus Kunya, 0:2 – 51 Lukebakio, 0:3 – 85 Piontek.

“Mayns” — “Shalke-04” 2:2

Gollar: 1:0 – 6, penalti Brosinski, 1:1 – 36 Ut, 2:1 – 45, penalti Mateta, 2:2 – 82, avtogol Sen-Jyust.

“Union” Berlin — “Arminiya” 5:0

Gollar: 1:0 – 3 Endo, 2:0 – 13 Andrix, 3:0 – 45 Bekker, 4:0 – 52, penalti Kruze, 5:0 – 89 Toyxert.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar