“Real” hujumchisi Luka Yovich madridliklar safini tark etishi mumkin.
Marca nashrining xabar qilishicha, jamoa ustozi Zinedin Zidan ayni damda futbolchini o‘z rejalariga kiritmayapti. Serbiyalik o‘yinchi boshqa jamoaga ketish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlanishicha, Yovich qishki transfer oynasi vaqtida “Real” tark etishda qiyinchilikka uchrashi mumkin. Madridliklar rahbariyati qishda transfer muzokaralariga kirishmoqchi emas, ayniqsa, pandemiya sharoitida.
22 yoshli futbolchi La Liga joriy mavsumida uchta o‘yin o‘tkazib birorta ham samarali harakat amalga oshira olmadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)