• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tramp allaqachon AQSh tarixini yozishga ulgurdi”. Efiopiyadagi inqiroz oqibatlari qanday bo‘ladi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tib borayotgan haftada dunyo matbuotida e’lon qilingan va muhokama markazida bo‘lgan maqolalar sharhi bilan tanishtiradi.

    Turk matbuoti AQShdagi saylovlar haqida nima yozmoqda?

    Boshqa mamlakatlardagi matbuotdan farqli ravishda turk matbuoti AQShdagi saylovlar borasida biror bir taxminlarni ilgari surishdan o‘zini tiymoqda. Shunga qaramasdan, aksar turk jurnalistlari fikricha, AQShda Baydenning prezident bo‘lib saylanishi ko‘p narsani o‘zgartiradi. Sabah nashri mualliflari nazarida, Donald Tramp 2016-yildagi vaziyatni takrorlaydi va saylovlarda g‘alaba qozonadi. Tramp mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsa ham, u allaqachon AQSh tarixini yozishga ulgurdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “AQShni titratgan Tramp inqilobi” nomi bilan e’lon qilingan maqolada muallif Berjon Tutar Tramp muvaffaqiyatining uch omiliga to‘xtalar ekan, quyidagilarni e’tirof etdi. Birinchidan, Trampning mamlakat iqtisodiyotidagi yutuqlari. Saylov natijalaridan ko‘rish mumkinki, amerikaliklar AQShning Tramp yurgizayotgan iqtisodiy siyosatini ma’qullamoqda. Ikkinchidan, amerikaliklar Trampni 2016-yildagi saylovlar bilan bog‘liq bo‘lgan “Rashageyt” ortidan e’lon qilingan impichmentning jabrdiydasi sifatida ko‘rmoqda va uni mavjud byurokratik tizimlarni isloh qilayotgan rahbar sifatida tanimoqda.

    Bu esa aksar xalq uning tarafida ekanidan va shu sababdan u muhim shtatlarda ko‘proq ovoz olayotganidan darak. Uchinchidan, “Qora tanlilar ham inson” va pandemiya tufayli yuz bergan norozilik namoyishlari ham  aks ta’sir qildi, demokratlarning “siyosiy o‘yini” sifatida talqin qilindi va Trampni hokimiyatdan ketkaza olmagan tadbir sifatida baholandi. Aynan shu jihatlardan ham Tramp nomzodi hozirda AQShdagi davlat ichidagi davlat bo‘lib kelgan byurokratiyaga darz berishda davom etadi. Bundan keyingi saylovlarda ham AQShdagi saylovlar ana shunday tarzda kechadi.

    Sabah nashri boshqa bir “Saylovlar va AQSh kelajagi” maqolasida nafaqat AQSh, balki dunyoning boshqa mintaqalari ham trampistlar va baydenistlar lageriga ajralgani haqida yozdi. Hozircha Bayden oldinda ketayotgan bo‘lsa-da, Trampning prezident bo‘lish imkoniyatiga saylov oxiriga yetmagan shtatlar katta ta’sir qilishi mumkin. Maqolaga ko‘ra, Trampning koronavirus pandemiyasi davridagi salbiy siyosatiga qaramasdan, amaldagi prezident saylovoldi kampaniyasini a’lo darajada olib bordi.

    Trampning saylovoldi kampaniyasi kelajakda dunyo siyosatida nima bo‘lishini oldindan taxmin qilish imkoniyatini yaratdi. Trampning iqtisodiy islohotlari esa aynan AQShning tashqi siyosatidagi mezonlarini belgilab beruvchi omil bo‘ldi. Shu sababdan ham Tramp aksar shtatlarda yuqori ovoz olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

    Shu bilan birga, AQSh ayni vaqtda ichki siyosatda tub burilish davrini ham boshidan o‘tkazmoqda. Dunyo hamjamiyatida AQShning yetakchi bo‘lishga intilish harakati inqirozga uchramoqda. Bu esa AQShning nafaqat tashqi siyosatdagi yetakchiligiga, balki ichki siyosatdagi bo‘hronlarga ham sabab bo‘lmoqda, deb yozadi Sabah nashri. Bu esa AQShning Xitoy, Rossiya, Turkiya bilan munosabatlariga ham ta’sir qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yana bir turk nashri “Turkiye” dunyoning yetakchi davlati bo‘lgan AQSh o‘z ichidagi saylovlarni xavfsizlik va tartib nuqtayi nazaridan tinchlik bilan o‘tkaza olmas ekan, bu katta xavf”, deb yozadi. “Tramp va Bayden olmaning ikki yarmi”, deb e’lon qilingan maqolada muallif AQSh jamiyatida qutblashish yanada keskinlashishi mumkinligi haqida yozadi. Maqolada bo‘lg‘usi prezidentning Xitoy, Rossiya va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi qay yo‘sinda kechishi haqida gap boradi.

    Muallif nazarida Oq uyda kim prezident bo‘lishidan qat’iy nazar, AQSh va Turkiya munosabatlari avvalgidek bo‘lishi haqida taxmin qilindi. Maqola mualliflari nazarida, Obama davrida harakatga keltirilgan Suriyada jangari guruhlarni qo‘llab-quvvatlash harakati hokimiyat tepasiga kim kelishidan qat’iy nazar davom ettiriladi. Shu sababli ham Turkiya aynan bir nomzod uchun xayrixohlik bildirishni istamaydi.

    Cumhuriyet nashri esa AQShda kim prezident  bo‘lishidan qat’iy nazar, bu Turkiya va AQSh munosabatlariga salbiy ta’sir qilmasligi haqida yozadi. Nashr muallifi Mehmet Ali Guler nazarida, AQShning ayni paytdagi asosiy maqsadi Xitoyni tegib turish bo‘lmoqda. Bu bilan AQSh Xitoy orqali Rossiyani Boltiqbo‘yi, Ukraina, Qora dengiz va Kavkazdagi siyosiy mojarolardan chalg‘itish va tegib turish siyosatini yurgizmoqda.

    Rasmiy Anqara nazarida, AQShda kim prezident bo‘lishidan qat’iy nazar, bu AQSh va Turkiya munosabatlarini yaxshilashga qodir emas. Buning esa bir necha sabablari mavjud: birinchidan, AQShning dunyodagi hukmronligi zaiflashib bormoqda, ikkinchidan, AQSh va Turkiya o‘rtasidagi keskinliklar chuqurlashib bormoqda. Sharqiy O‘rta Yer dengizi, Egey dengizi Kurdiston va Suriyadagi masalalarda bu keskinlikning guvohi bo‘lishimiz mumkin.

    Efiopiyadagi inqiroz sabablari

    Nobel mukofoti sovrindori Abiy Ahmad bir yil avval Efiopoiyada chuqur islohotlar boshlagani bilan dunyo jamoatchiligida iliq fikrlarni uyg‘otdi. Hozirda esa Abiy Ahmad o‘z yurtidagi bir viloyatga qarshi keng ko‘lamli repressiv siyosatni boshlab yubordi, deb yozadi The Economist nashri.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Ahmad Abiyning mazkur siyosati butun Afrika qit’asida nahotki Efiopiyadagi vaziyat Afrikadagi tinchlikni xavf ostiga qo‘yadi, degan xavotirlarni uyg‘otdi. Efiopiya Afrika qit’asining aholisi ko‘p ikkinchi mamlakati ekani hisobga olinsa, boshqa Afrika mamlakatlarining xavotirlari o‘rinlidek. Chorshanba butun dunyoning diqqat e’tibori AQShdagi saylovlarga qaratilgan kezda, prezident  Abiy mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi va Tigray viloyati bilan aloqalarni uzganini aytdi.

    Abiy o‘zining bu siyosatini Tigray viloyatining mahalliy hokimlari prezidentning vakolatini shubha ostiga olgani bilan izohladi. Biroq xalqaro siyosatchilar va ekspertlar Abiy mamlakatda o‘z hokimiyatini kuchaytirish uchun shunday siyosatga qo‘l urganlikda ayblamoqda. Keniyalik siyosiy tahlilchi Rahid Abdi Abiyning siyosatiga baho berar ekan, o‘zining Twitter’dagi mini blogida “Abiy siyosiy xatolikka yo‘l qo‘ydi”, deb post qoldirdi. Uning nazarida, Efiopiyaning Tigreyga nisbatan zo‘ravon siyosati qo‘shni Eritreya bilan kutilmagan oqibatlarga olib kelishi va ko‘plab insonlar hayoti qurbon qilinishi mumkin.

    Boshqa siyosatchilar esa Efiopiyaning 1990-yilda Yugoslaviya kabi ko‘plab mustaqil hududlarga ajrab ketishi mumkinligi haqida xavotir bildirmoqda. Bu xavotirlarga BMT ham qo‘shildi. Abiy o‘z bayonotini chorshanba kuni Netblocks sayti orqali e’lon qilingan xabar asosida Tigray hududi bilan telefon aloqasi uzilgani ortidan oradan ikki soat o‘tib e’lon qildi. Tigray hududi rahbarlari havo orqali aloqani chekladi va mahalliy armiyaga Efiopiya harbiylarini mamlakatdagi diktaturani qulatishga chaqirdi. Bu esa Efiopiya rahbariyati tomonidan ochiqdan ochiq hukumatga qarshi isyon sifatida baholandi.

    Mamlakatda harbiy harakatlar boshlanganini Efiopiya tashqi ishlar vaziri Radvan Husayn jurnalistlarga bergan matbuot anjumanida “harbiy amaliyotlar siyosiy rahbarlarga qarshi qaratilganini” ta’kidladi. Huquq himoyachilari esa Abiy Ahmadning siyosati Tigray viloyati aholisiga qarshi qaratilganini e’tirof etmoqda. Abiy esa o‘z siyosatini Tigray viloyatidagi Eritreyaning  rahbari Isaya Afverkaga qarshi qaratilgan hujum sifatida baholamoqda.

    Tigraydagi Milliy xalq ozodlik fronti Efiopiyaga qarshi 30 yildan ortiq vaqt mobaynida kurashlarda jang qilib keldi. Ular hattoki diktator Mengista Xaylo Mariamni ag‘darishda ham hal qiluvchi kuch bo‘ldi. Tigray Milliy ozodlik harakati ortida Meles Zenavi turgan bo‘lib, u Efiopiyada 1991-yildan to o‘limiga qadar 2012-yilgacha asosiy kuch sifatida o‘zini namoyish qilib keldi. 110 millionlik Efiopiyaning atigi olti foizini tashkil qilgan Tigray aholisi natijada Efiopiyaning iqtisodiy va siyosiy siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi.

    Tigrayliklar nazarida, Efiopiyadagi markaziy hokimiyat tigrayliklarning hayotiga bosim o‘tkazmoqda, ularning huquqlarini cheklamoqda. Abiy esa harbiy harakatlari bilan mamlakatni birlashtirishga va mamlakatda yagona siyosiy hokimiyatni tiklashga urinmoqda. Ammo prezident Ahmad Abiy Efiopiyadagi turli guruhlarning mustaqillikka erishish harakatlari bilan yuzlashmoqda. Abiy ularga mustaqillik beradimi yoki yo‘qmi kelajakdagi siyosiy voqealar baho beradi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    07.11.2020, 19:18   Izoh (0)   82342
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JSST maktablarning koronavirus sababli yopilishiga qarshi chiqdi

    07.11.2020, 18:37

    Rossiyada ketma-ket ikkinchi kun 20 mingtadan ortiq COVID-19 bilan kasallanish holatlari qayd etildi

    07.11.2020, 17:43

    COVID-19 sabab Britaniya, Belgiya va Filippin fuqarolariga Xitoy hududiga kirish taqiqlab qo‘yildi

    07.11.2020, 16:26

    Daniyada qorako‘zanlardagi koronavirus mutatsiyasi sabab odamlarning ko‘chaga chiqishiga cheklovlar belgilandi

    07.11.2020, 14:32

    Bayden amerikaliklarga qilgan murojaatida saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonishini aytdi

    07.11.2020, 13:27

    Fransiyada bir sutkada 60 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlandi. Bu mamlakat uchun yangi antirekord

    07.11.2020, 12:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.