Nigeriyaning janubida yuk mashinasi mahalliy bozorda kamida 16 kishini bosib ketdi, deya xabar bermoqda This Day’ga tayanib “TASS”.
“Hodisa 31-oktabr kuni kechqurun Ondo shtatining Akungba shahrida sodir bo‘lgan. Guruch ortilgan qoplarni olib ketayotgan yuk mashinasining tormozi ishlamay qolib, bozorga kirib ketgan. Mashina bosib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, yana yetti kishi jarohatlangan”, – dedi Nigeriya yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi Boboye Oyemi.
Ma’lum qilinishicha, Nigeriya yo‘llarida 2020-yilning ikkinchi choragida 2080 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Ularda 5535 kishi jarohat olgan, 855 kishi vafot etgan. Yo‘l-transport hodisalarining asosiy sababi tezlikni oshirish hisoblanadi. Baxtsiz hodisalarning umumiy 47 foizi aynan tezlikni oshirish tufayli sodir bo‘lgan.
Avvalroq Nigeriya shimoli-sharqiga uyushtirilgan hujum oqibatida 60 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)