Buxoro viloyatida Damas rusumli avtomashinadan 300 dollar o‘g‘irlagan 19 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga Buxoro tumanida yashovchi fuqaro B.J. ariza bilan murojaat qilib, Damas’idan 300 dollar puli o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchi 19 yoshli I.M. sodir etgani aniqlangan.
Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)