• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevropa Ittifoqiga yaqinlashayotgan pandemiyaning ikkinchi to‘lqini, Xitoyning ustunlik jihatlari va Amerikada kutilayotgan saylov. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tib borayotgan haftada dunyo matbuotida e’lon qilingan va muhokama markazida bo‘lgan maqolalar sharhi bilan tanishtiradi.

    Yevropa Ittifoqidagi pandemiyaning ikkinchi to‘lqini qanday kechadi?

    Yevropa Ittifoqi bahor oyida pandemiyani jilovlash uchun ancha kuch sarfladi va vaziyatni o‘z nazoratiga olishga erishdi. Havo sovishi ortidan hozirda Yevropa davlatlarida pandemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlangani va ikkinchi to‘lqin mintaqa iqtisodiyotida jiddiy ta’sir qilishi, bu bahordagidan ham ancha qiyin kechishi haqida ogohlantirmoqda. Yevropa mamlakatlarining ikki motori bo‘lgan Fransiya va Germaniya fond birjalarida milliy indekslar 3,3 foizdan 4 foizga qulagani haqida xavotirlar tarqalmoqda, deb yozadi The Spectator nashri.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Fransiyada har kuni 50 minglab insonlarda koronavirus tashxisi aniqlanmoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi vaziyatni nazorat qilishni qo‘ldan boy berdi. Makron esa mamlakatda milliy karantin e’lon qilish haqida bosh qotirmoqda. Germaniyadagi vaziyat ham og‘irlashib borish manzarasida Angela Merkel bar va restoranlar yopilishini ma’lum qildi. Pandemiyaning bahordagi yurishidan qo‘shnilariga nisbatan ancha kam talafot bilan chiqqan Chexiya va Polshada hozirda vaziyat kundan kunga yomonlashib bormoqda. Qish hali boshlanmagan bo‘lsa-da, pandemiyaning ikkinchi to‘lqini bo‘y cho‘za boshladi.

    Tahlilchilar nazarida, pandemiyaning ikkinchi to‘lqini mintaqa mamlakatlari uchun avvalgisidan ham ancha og‘riqli kechishi borasida uch sababni ko‘rsatmoqda. Birinchidan, Germaniya bahordagi vaziyatdan ancha yengil o‘tib olgan bo‘lsa-da, restoranlar, barlar va zavodlar yopilayotgan bir vaziyatda Yevropa lokomotivi bo‘lgan Germaniya iqtisodiyoti faoliyatdan to‘xtaydi. Mintaqaning ikkinchi iqtisodiyoti bo‘lgan Fransiya ortidan Ispaniya ham Germaniya yo‘lidan bormoqda. Iqtisodiy kutilmalar esa har qachongidan rasvo.

    Ikkinchidan, Yevropa Ittifoqining aksar mamlakatlari Ispaniya, Gretsiya, Portugaliya va Italiya kabi mamlakatlarining asosiy daromadi sayyohlik sohasi ortidan kun ko‘radi. Vaziyat yomonlashib borishi natijasida ko‘plab plyajlar, mehmonxonalar ham bar va restoranlar ortidan yopila boshlaydi. Bu mamlakatlarning iqtisodiyoti ikkinchi to‘lqinning salbiy iqtisodiy oqibatlarini ko‘tara olmasligi haqiqat.

    Nihoyat, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ikkinchi to‘lqinning oldini olish borasida birgalikda harakat qilishni bu safar ham uddasidan chiq olmasa kerak. Yevropa Ittifoqi markaziy bankining moliyaviy zaxiralari allaqachon nihoyasiga yetdi. Koronavirusga qarshi kurashish uchun asos solingan Coronavirus Recovery Fund tuzilgan bo‘lsa-da, mavjud vaziyatda o‘rtaga tashlangan asosiy masalalarni hal qilishda o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni uddasidan chiqishda hozirdanoq xavotirlar ko‘zga tashlanmoqda. Boz ustiga, moliyaviy ko‘mak dasturi keyingi yildan ish boshlaydi.

    Ispaniya kabi mamlakatlar kreditlashning shartlari bilan tanishib chiqqach, kredit olishdan bosh tortishga ham ulgurdi. Siyosatchilar esa iqtisodiy tanglik ancha ko‘lamli va chuqur bo‘lishidan tashvishda. Natijada, koronavirusning ikkinchi to‘lqini butun dunyo iqtisodiyotiga katta zarar keltiradi, ayniqsa, bu moliyaviy zarar Yevropa Ittifoqida ancha sezilarli iz qoldirishi taxmin qilinmoqda. Bozor qonuniyatlari esa murakkab iqtisodiy sharoitda ancha vazmin harakatlanishga odatlangan. Qish esa yaqin.

    Xitoy yana peshqadam

    The Project Syndicate nashri COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq karantindan so‘ng AQSh va Xitoy iqtisodiyotidagi farqlarda Xitoy koronavirusni yengishga qaratilgan siyosatda ham ancha afzalliklarga ega ekani haqida yozadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    COVID-19 pandemiyasidan so‘ng Xitoydagi iqtisodiy vaziyat yana avvalgi holatga qaytayotgan bir vaqtda g‘arbdagi vaziyat yana butkul izdan chiqishda davom etmoqda. Aksar g‘arb siyosatdonlari uchun Xitoyni peshqadam sifatida ko‘rish yoqmasa-da, ular achchiq hapdorini yutmasliklaridan boshqa iloji ham yo‘q.

    2008-yildagi dunyo inqirozining markazi Uol Strit bo‘lgan bo‘lsa, pandemiyaning o‘chog‘i Uxan bo‘ldi. Ikki inqiroz kelib chiqishiga ko‘ra ham bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, Xitoy hukumati ikki inqirozni ham o‘z foydasiga hal qila oldi. 2008-yildagi inqirozdan keyinning Xitoy ichki yalpi mahsulotining o‘sish hajmi o‘rtacha 8,6 foizni tashkil qildi. Shunday bo‘lsa-da, Xitoydagi o‘sish ko‘rsatkichi AQShda qayd qilingan o‘sish ko‘rsatkichidan besh marta ko‘pligi tahsinga loyiq.

    Xitoyning pandemiyani nazorat qilish siyosatida ham 2008-yildagi chora-tadbirlarni ilg‘ash mumkin. Bugun Xitoyning iqtisodiy o‘sishi so‘nggi chorakdagi ma’lumotlarga nazar solinsa, ichki yalpi mahsulot 11 foizga o‘sgani ko‘zga tashlanadi.

    AQShda pandemiya bilan bog‘liq karantin Xitoydan bir oy keyin e’lon qilindi. Xitoydagi iqtisodiy pasayish ilk kvartalda 33 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, AQShda bu ko‘rsatkich 31 foizni tashkil qildi. Atlantadagi federal bank e’lon qilgan hisobotda AQShning uchinchi kvartaldagi o‘sish hajmini 35 foizlik darajada bo‘lishini taxmin qildi. Shunga qaramasdan, mazkur taxmin Xitoyga solishtirganda 20 punktga past ekanini ko‘rish mumkin.

    Xitoy hukumati 2008-yildagiday o‘z iqtisodiyotini AQShdagi ipoteka sohasida boshlangan iqtisodiy inqirozdan himoya qilishdan boshlaganiday, bugunda ham pandemiya tarqalishi yanada kuchayishi kutilayotgan ikkinchi to‘lqinga ham xuddi shu yo‘sinda javob qaytarmoqchi. 2008-yilda Xitoy hukumati o‘z iqtisodiyotini yuqumli moliyaviy virusdan himoya qilish maqsadida qat’iy siyosati natijasida budjetning barqarorligini ta’minlash uchun 596,4 milliard dollarni iqtisodiyotga xarj qildi. Bu esa o‘zini oqladi va Uol Stritdagi boshlangan shokning nojo‘ya ta’sirlaridan Xitoyni himoya qildi.

    Koronavirus ko‘chalarda kezib yurgan vaziyatda Xitoy hukumati shafqatsiz chora-tadbirlari bilan, avvalo, insonlarni koronavirusdan himoyalab, keyin karantinning salbiy ta’siriga qarshi monetariy va budjet masalalarini hal qilishga urinmoqda. AQShdagi vaziyat esa tubdan boshqacha. Noyabr oyidagi prezidentlik saylovlari yaqinlashgani sari, amerikalik siyosatchilar, avvalo, monetariy siyosat va budjet haqidagi masalani hal qilib olib, keyin pandemiyaning asoratlari haqida o‘ylasa bo‘ladigan vaziyatga bormoqchi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    AQShda Tramp “Avvalo Amerika manfaatlari” shiorini ilgari surayotgan bir vaziyatda, mamlakatda pandemiyaning yangi to‘lqini boshlanayotganiga e’tiborsizlik qilinmoqda, Xitoy esa koronavirusning yangi o‘choqlari aniqlanganda samarali ravishda u o‘choqlar hukumat nazoratiga olinmoqda. Sindaoda koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan paytda hukumat bor yo‘g‘i besh kun ichida butun sindaoliklardan koronavirusga qarshi test olishga ulgurdi. Tramp esa koronavirusga chalingani va undan mardona o‘tganidan o‘zining siyosiy yutug‘i sifatida ham foydalanar ekan, kelajakda vaziyat yomonlashadigan bo‘lsa, qanday harakat qilinadi kabi savollar mavhumligicha qolmoqda.

    Qolaversa, AQShda 800 mingdan ziyod inson oktabr oyining o‘zidayoq hukumatdan yordam olish borasida ariza topshirdi. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi esa 7,9 foizga yetib oldi. COVID-19 yangi to‘lqini AQShda qanday oqibatlarga olib keladi, taxmin qilish mumkin bo‘lsa-da, iqtisodiy vaziyatning ancha yomonlashishi qanday kechadi, hukumat qanday yo‘l tutadi, hozirda biror narsa deyish qiyin. Xitoy esa o‘z maqsadini aniq belgilab olgan holda, AQShni ortda qoldirishda ilgarilamoqda.

    AQShdagi saylov natijalaridan kimlar manfaatdor

    4-noyabrda o‘tadigan AQSh prezidentligi saylov natijalaridan AQShning dushmanlari qanday foyda ko‘radi, degan savolga javob izlaydi, The Fox News nashri. The Fox News nashri jurnalisti Jeyms Karafano fikricha, Rossiya hozirda AQShga “sovuq urush” davridagidek real xavf tug‘dirmaydi.

    AQShdagi prezidentlik poygasi qanday natija bilan tugashini nafaqat amerikaliklar, balki AQShning raqiblari ham yaqindan kuzatmoqda. Amerikaliklarning o‘zlarigina emas, ularning raqiblari ham AQShda prezident o‘zgaradigan bo‘lsa, u holda dunyo tashqi siyosatida nima o‘zgaradi – bu barchani qiziqtiradigan savol.

    Rossiya

    Putin uchun AQShda kim g‘alaba qozonadi, unchalik ham qiziq mavzu emas. G‘arb iqtisodiy jazo choralari ostida qolayotgan rasmiy Kreml uchun AQSh ichki siyosati ikkinchi darajali masala. Hozirda Rossiya o‘z dala hovlisidagi Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ixtilofni qanday hal qilish borasida bosh qotirmoqda. Ustiga ustak, Belarusdagi voqealar ham Kremlni ancha tashvishga solib qo‘ydi.

    Qo‘shimcha tarzda, Rossiya ichkarisida tinimsiz ravishda norozilik namoyishlari yuz bermoqda. Navalniyning zaharlanishi ortidan g‘arb Kremlga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini ham qo‘lladi va rus gazining “Shimoliy oqim-2” loyihasi xavf ostida qolmoqda. Qolaversa, rasmiy Vashington so‘nggi yillarda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashuvini inobatga olgan holda, rus hukumatini bosim ostida qoldirmoqda. Shunday ekan, rasmiy Kreml AQSh uchun sovuq urush davridagidek real tahdid emas. AQShda kim prezident bo‘lishidan qat’iy nazar, amerikaliklar doimgiday ruslarga nisbatan odatiy xavf tarqatuvchi davlat sifatida qarashda davom etadi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Shimoliy Koreya

    Shimoliy Koreya har doimgidek chaqilmagan yong‘oq. Kim Chen In tashqi siyosatda qanday yo‘l tutadi, oldindan aytib bo‘lmaydi. Tramp prezidentligining birinchi yarim yilligida rasmiy Pxenyan AQShga nisbatan ancha vazminlik bilan siyosat yuritdi va shunga qaramasdan o‘zining yadro qurollarini yaratish dasturi ustida ishlar olib bormoqda. Shimoliy Koreya har doimgidek, yangi prezidentni o‘z g‘alvirlaridan o‘tkazishga intiladi.

    Kim prezident bo‘lishidan qat’iy nazar, Oq uyning yangi rahbari Shimoliy Koreyaga nisbatan qattiqroq siyosat yurgizishda davom etadi. Shimoliy Koreyaga nisbatan suriladigan talab esa bitta – yadroviy qurollarga ega bo‘lish maqsadidan voz kechishi kerak. Shimoliy Koreya esa yadroviy dasturdan voz kechishi amri mahol. Demak, AQShning Shimoliy Koreyaga nisbatan siyosatini o‘zgarishi, eng avvalo, rasmiy Pxenyanning o‘ziga ham bog‘liq.

    Eron

    Rasmiy Tehron Vashingtondagi siyosiy elitaning o‘zgarishidan ko‘proq umid qilayotgan mamlakatlardan biri desa ham bo‘ladi. Eronda va AQSHning o‘zida ham Obama davrida imzolangan Eron yadroviy dasturi kelishuvini tiklashni istayotgan guruhlar anchagina. Masala esa haqiqatdan ham AQSh Eronga qurol-yarog‘ embargosini bekor qiladimi, Isroil bilan yaqinda kelishilgan BAA shartnomalarini xavf ostiga qo‘ya oladimi, shunda. Muallif Jeyms Karafano nazarida esa AQShning Eron yadroviy kelishuvi bitimiga qaytishi uchiga chiqqan bema’nilik. Shunday ekan, AQSh uchun eng yaxshisi, kim prezident bo‘lishidan qat’i nazar, Eron–AQSh munosabatlarini hozirgi turgan nuqtasidan davom ettirgan ma’qul.

    Xitoy

    AQSh uchun Xitoy boshqa raqiblardan ko‘ra o‘ziga xos dushman. Yaqin tarixdagi savdo urushlari, Gongkongdagi siyosiy vaziyat, Tayvanning taqdiri AQSh va Xitoy manfaatlari kesishgan masalalar. Rossiya, Eron, Shimoliy Koreyadan farqli ravishda, Xitoy rasmiy Vashington uchun munosib raqib. Boz ustiga, Xitoy amerikaliklar nazarida agressiv dushman. Tramp hukumati hozircha Pekinga qarshi munosib tarzda javob bermoqda va janob Si Trampni qo‘rqita olmasligini bir necha masalada ko‘rsatib ham qo‘ydi. Huawei kompaniyasining AQShdan quvilishi Tramp ma’muriyatining ijobiy qadami bo‘ldi, deb hisoblaydiganlar ham talaygina.

    Shunday ekan, Amerikada kim prezident bo‘lishidan qat’iy nazar, siyosatdonlar raqiblarga qarshi qaratilgan siyosatni izchil davom ettiradi. Biroq AQSh tarixida o‘z raqiblariga nisbatan siyosatini o‘zgartirgan prezidentlar ham bir talay. Kelajakda kim prezident bo‘ladi va uning tashqi siyosatdagi harakati qanday bo‘ladi, bilib olish uchun bir necha kun qoldi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    31.10.2020, 10:46   Izoh (0)   31437
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 17 kishiga yetdi

    31.10.2020, 10:23

    Parijda qurollangan erkak politsiyachilarga hujum qilishga urindi

    31.10.2020, 07:53

    “Rospotrebnadzor” koronavirus bilan kasallangan odam qachon maksimal darajada yuqumli bo‘lishini ma’lum qildi

    30.10.2020, 22:57

    Yangi Zelandiya referendumda evtanaziyani ma’qulladi va marixuana qonuniylashtirilishiga qarshi chiqdi

    30.10.2020, 22:12

    Aleksandr Lukashenko namoyishchilarga nisbatan hukumatning javobi kuchaytirilishidan ogohlantirdi

    30.10.2020, 21:33

    Rossiyaliklar yangi karantindan qo‘rqib, mahsulotlarni g‘amlab qo‘ya boshladi

    30.10.2020, 19:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Eron-Isroil mojarosida betaraf emasmiz va o‘z bilganimizni qilamiz” — “Hizbulloh”

    Dunyo | 20 iyun, 10:26

    Xitoyda avj olgan koronavirusning yangi turi AQSHga yetib keldi

    Dunyo | 20 iyun, 10:11

    Janubiy Afrikada yirtqich sher do‘konga bostirib kirib, go‘sht bo‘limini ag‘dar-to‘ntar qildi (video)

    Qo‘ziqorin | 20 iyun, 09:56

    Xitoyda kompaniya xodimlari oynaga qaragani va ish vaqtida ovqatlangani uchun jarimaga tortilmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 09:53

    “Manchester Yunayted” o‘z futbolchisini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 20 iyun, 09:50

    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

    Reklama | 20 iyun, 09:00

    Isroil mudofaa vaziri Xomanaiyni “zamonaviy Gitler” deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 09:49

    Tailand bosh vazirining Kamboja sobiq rahbari bilan telefon suhbati internetga tarqab ketdi

    Dunyo | 20 iyun, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.