O‘zbekiston hududi 19—20-oktabr kunlari quruq va issiq havo massasi ta’sirida bo‘lishda davom etadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Qayd etilishicha, respublikada kam bulutli ob-havo saqlanib qoladi, kunduzi havo harorati 24-27 darajagacha ko‘tariladi. Bu shu kunlarning iqlimiy me’yoridan 4-5 darajaga yuqori.
21-oktabr kuni respublikaning shimoliy hududlari G‘arbiy Qozog‘iston orqali Volga bo‘yi ustidan vujudga kelgan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida bulutlar ko‘payadi, kechqurun esa shamolning tezligi 15-20 metr/sekundgacha esib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan qismida quruq, kam bulutli ob-havo saqlanib qoladi.
22—23-oktabr kunlari salqin havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Respublikaning barcha hududlarida bulut qoplami ortishi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland joylarda esa yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Respublikaning ayrim viloyatlarida shamolning tezligi 15-20 metr/sekundga yetishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va kechasi 3-8 daraja iliqni, shimolda 0-3 darajagacha sovuq va kunduzi 13-18 darajani issiqni hosil qiladi, bu esa shu kunlar uchun harorat me’yorlaridan 3-5 darajaga past bo‘ladi.
Izoh (0)