Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali direktori, texnika fanlari doktori, professor Nusrat Murtazoyevich Murodov 52 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
Nusrat Murodov 1968-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U 1992-yilda Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasini tugatgan.
Professorning o‘limi sababi ochiqlanmagan.
Avvalroq Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Bahromov, yozuvchi Mamadali Mahmudov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudi sudyasi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi o‘rinbosari vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)