• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Futbolchilik qoni, het-triklar, Zlatan, Ronaldu va Chempionlar Ligasi. Ulkan vunderkind Erling Holand haqida

    Erling Holand futbol olamida shu qadar tez mashhurlikka erishdiki, u haqda millionlar o‘yinini kuzatib boradigan insonlarning deyarli barchasi eshitdi, ko‘rdi va bildi. 2020-yilning qishida “Borussiya”ga o‘tgan Holand o‘zining yetuk hujumchi ekanini har tomonlama isbotlashga erishdi. U o‘zi qatnashgan birorta o‘yinni golsiz tark etmasdi. Uning bu yurishini ko‘pchilik vaqtinchalik deb atadi, biroq Holand hamon gol urishdan to‘xtagani yo‘q. Xo‘sh, kim o‘zi bu vunerkind (bunday deyishga garchi uning gabaritlari yo‘l qo‘ymasa ham, u hali bor-yo‘g‘i 20 yoshda), qayerdan paydo bo‘lib qoldi va kelajakda nimalarga erishishi mumkin. Demak, quyida mana shu savollarga javoblar keltiriladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Holand haqida futbolchi va murabbiylar qanday fikrda?

    U juda katta salohiyatga ega, oldinda esa ko‘p vaqt bor. Agar u astoydil mehnat qilishda davom etsa, top darajaga ko‘tarila oladi.

    Robert Levandovski, “Bavariya” hujumchisi

    Ulkan iste’dod va to‘g‘ri mentalitetga ega ajoyib yigit. Qaysi uslubda o‘ynashingizdan qat’i nazar, u doimo ko‘p gol uradi. Holand nihoyatda kuchli, texnikasi va tezligi ham tahsinga loyiqdir.

    Jessi Marsh, “Zalsburg” bosh murabbiyi

    U aqldan ozgan. Ammo uni yaxshi qiladigan jihat ham aynan shudir.

    Maksmilian Veber, “Zalsburg” himoyachisi

    Erling yaxshi murabbiy va jamoadoshlarga ega bo‘lishdan juda baxtiyor. U hanuzgacha o‘rganmoqda. U gol urishni yaxshi ko‘radi, ammo kombinatsion o‘yinda ham ancha o‘sishga erishdi. Bu aniq bir sabab bilan emas, balki o‘zining mehnati va yosh futbolchilarga ishonch bildiradigan klub siyosatining ham xizmati”.

    Alf-Inge Holand, Erlingning otasi va Norvegiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi

    “U nima qilishni biladigan juda zo‘r yigit. Erling – haqiqiy professional. Men mashg‘ulotlarga birinchilardan bo‘lib kelaman, lekin u allaqachon u yerda shug‘ullanayotgan bo‘ladi, hatto dam olish kunlari ham. U o‘zi uchun nima muhim va foydali ekanligini biladi”.

    Roman Byurki, “Borussiya D” darvozaboni

    U o‘yinlarda xuddi mashg‘ulotlardagidek o‘ynaydi. Darvozada yonida esa har doim sovuqqonlik bilan harakat qiladi. Biz uning professional munosabatini qadrlaymiz. Bu bizga aynan maydonda kerak bo‘lgan narsa. Holand imkoniyat qay darajada bo‘lishidan qat’i nazar, har doim gol uradi”.

    Marko Roys, “Borussiya D” sardori

    Statistika
    • Terma jamoa safida: 6 uchrashuv, 6 ta gol;
    • Yevrokuboklar doirasidagi o‘yinlarda: 14 uchrashuv, 14 ta gol;
    • Milliy chempionatlarda: 73 uchrashuv, 48 ta gol.
    Mashhurlikka yo‘l

    “Bryune”

    Holand besh yoshidan boshlab mahalliy klubda futbol o‘ynashni boshlaydi va darhol yosh toifasida ko‘tarilishga erishadi. Uning birinchi murabbiyi Alf-Ingve Berntsen Holand haqida shunday deydi: “Uning to‘pga dastlabki ikki teginishi gol bilan yakunlangandi. U ilk soniyalardan boshlab juda yaxshi taassurot qoldirgan”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Dam olish kunlari Bryunedagi ochiq maydonlarda o‘ynayotganda murabbiylarda iliq taassurot qoldiradi. Yoshlar terma jamoalarida ham, oddiy o‘yinlarda ham u bir xil fidoyilikni namoyish etardi. “Holand hech qachon qo‘rqmasdi, – deydi Berntsen. – U har doim raqiblarini hurmat qilar, lekin ular kim ekanligi bilan umuman qiziqmasdi”.

    “Molde”

    Holand ma’lum vaqt o‘tgach, “Molde”ga ko‘chib o‘tadi, u yerda esa uni Ole-Gunnar Sulsher shug‘ullantiradi. 2018-yilning 1-iyulida Erling Norvegiya chempionati yetakchisi “Brann”ga  qarshi o‘yinning dastlabki 21 daqiqasida poker qayd etadi. “U eng yaxshi hujumchi bo‘lish uchun yetarlicha imkoniyatga ega”, – degandi o‘shanda “Manchester Yunayted”ning hozirgi ustozi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Molde” tarkibidagi ikkinchi mavsumida Erling 25 uchrashuv o‘tkazib, 12 ta gol urishga erishadi. Sulsher esa uni Romelu Lukaku bilan taqqoslab, shunday degandi: “Unga katta qiziqish bo‘lmoqda. Bizda katta-katta klublardan yaxshi takliflar bo‘ldi. Biroq biz ularni rad etmoqdamiz”.

    “Zalsburg”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ancha jiddiy klublarning qiziqishiga qaramay, Holand soddagina “Zalsburg” bilan shartnoma imzoladi. Buning sababi esa muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish edi. Munas Dabburning ajoyib o‘yini tufayli Holand 2018/19-yilgi mavsumda unchalik ham tez-tez ko‘rinish bermadi. Kelasi yiliga esa u o‘z imkoniyatidan to‘liq foydalanib, Xese Marsh boshchiligidagi tarkibning o‘zagiga aylandi.

    U Chempionlar Ligasidagi “Bryugge”ga qarshi debyut o‘yinida het-trik qayd etgani haqiqiy sensatsiya sifatida baholangandi. Bundan tashqari, u keyingi to‘rtta o‘yinda ham raqib darvozasini ishg‘ol etib, Chempionlar Ligasining ketma-ket beshta o‘yinida gol urgan birinchi o‘spiringa aylandi. Mazkur het-trik o‘sha kuzdagi beshtaning biri edi, xolos.

    U shunchalik yaxshi o‘ynadiki, uni kimsan “Borussiya” o‘z safiga qo‘shib oldi. “Zalsburg” bosh direktori Kristof Froynd uning klubdan ketishi haqida shunday degandi: “Biz Erlingni yo‘qotishni xohlamagandik. Ammo 2019-yilning iyulidan dekabrigacha u shunchalik g‘ayrioddiy va ajoyib yutuqlarni ko‘rsatdiki, buni hatto taxmin qilib ham bo‘lmasdi”.

    Avstriyadan ketish oldidan u mamlakatning 2019-yildagi  eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. “O‘n yil ichidagi eng yosh va birinchi chet ellik bo‘lish – bu alohida yutuqdir. Bu men uchun sharaf”, – degandi Holland bu yutug‘i haqida.

    “Borussiya D”

    Holand 2020-yilning 18-yanvarida “Borussiya” safida debyut qiladi. U zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, het-trik qayd etadi. Uning jamoasi “Augsburg”ni 5:3 hisobida mag‘lub etgandi. Yangi klubidagi dastlabki to‘rtta o‘yinida Holand sakkizta gol urishga erishadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Chempionlar Ligasi 1/6 bosqichida PSJga qarshi kechgan  bellashuvda esa o‘z nomiga ikkita gol yozdirib qo‘yadi va musobaqadagi gollari sonini o‘ntaga yetkazib oladi. 2019/20-yilgi mavsumda to‘purarlar poygasida faqatgina Robert Levandovski 15 ta gol bilan uni ortda qoldirdi.

    Norvegiya terma jamoalari (turli yosh toifalarida)

    2019-yili Polshada bo‘lib o‘tgan U-20 Jahon Chempionatida garchi Norvegiya guruhdan chiqa olmagan bo‘lsa-da, Holand musobaqaning “Oltin butsa”sini qo‘lga kiritadi. U Gondurasga qarshi kechgan bahsda (12:0) 9 ta gol uradi. “Men 10 ta gol urishim kerak edi. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganimdan afsusdaman. Ammo to‘qqizta ham yomon natija emas”, – degandi o‘shanda Holand. Ikki oydan so‘ng, Erling 2019-yilning sentabr oyida Norvegiya terma jamoasida debyut qiladi.

    Milliy jamoadagi birinchi het-trikini esa 2020-yilning 11-oktabriga kelib, Millatlar Ligasi doirasida o‘tkazilgan Ruminiyaga qarshi o‘yinda (4:0) amalga oshiradi. Bunga Holand o‘z repertuarida quyidagi izoh berdi: “Men besh-oltita gol urishim kerak edi”.

    U haqida siz bilmagan ma’lumotlar

    Erling Angliyada tug‘ilgan, uning otasi Alf-Inge yaqinda Premyer Ligaga chiqqan “Lids”da to‘p surgan. Holand uch yoshga to‘laganida otasi jarohat tufayli faoliyatini yakunlaydi va oilasi bilan Norvegiyaga qaytadi. 17 yoshga to‘lganida esa Erling o‘zini “Lids” muxlisi deb ataydi va u bilan Premyer Ligada g‘alaba qozonishni orzusi ekanini aytgan.

    Holand bir vaqtlar Krishtianu Ronaldu bilan uchrashishni orzu qilishini aytgan edi: “Men u bilan uchrashishni va uning sharofati bilan futbolchiga aylanganimni aytishni istardim. U doim menga o‘rnak bo‘lib kelgan”.

    Shuningdek, u “Suonsi” sobiq hujumchisi Michuning ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Holand “Bryune”da o‘ynab yurgan paytlarda Instagram fotosuratlarida o‘zini Michu sifatida belgilardi. Bundan tashqari, u yaqinda Twitter’da ham ispaniyalik futbolchiga bo‘lgan hurmatini izhor etdi.

    Holand budilnik sifatida Chempionlar Ligasi madhiyasidan foydalanadi. “Men har kuni ushbu musiqa ostida uyg‘onaman va bundan aslo zerikmayman”.

    Holand o‘zi haqida qanday fikrda?

    “OAVning e’tibori juda katta. Ammo bu yaxshi bosim. Klub yaxshi harakat qilmoqda, bu meni biroz himoya qiladi. Kelajakda u meni yanada ko‘proq himoya qiladi deb umid qilaman. Qiyin bo‘ladi, lekin biz harakat qilamiz. Men himoyalanishni istayman”.

    “Men futbolni yaxshi ko‘radigan xotirjam yigitman. Oilamni yaxshi ko‘raman, u bilan ko‘p vaqt o‘tkazaman. Hozirgi hayotim – mashg‘ulotlar, o‘yin va futboldan zavq olish. Hozircha ishlar shu yo‘sinda davom etmoqda”.

    U yana nimaga erishishi mumkin?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Otasidan ko‘proq narsaga erishish. Holand bir vaqtlar shunday degandi: “Maqsadim – otamga qaraganda yaxshiroq futbolchi bo‘lish. Umid qilamanki, terma jamoada undan ham ko‘proq o‘ynayman”. Katta Holand terma jamoada 34 ta o‘yin o‘tkazgan.

    Norvegiya terma jamoasining eng yaxshi to‘purariga aylanish. 1933-yildan buyon ushbu maqom Yorgen Yuvega tegishli bo‘lib, uning hisobida 33 ta gol bor. Holand shuningdek, Yevrokuboklardagi eng yaxshi norvegiyalik to‘purarga aylanishi mumkin. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha esa birinchi pog‘ona Harald Brattbakkga tegishli – 31 ta gol (shundan 21 tasi Chempionlar Ligasiga to‘g‘ri keladi).
    Norvegiya terma jamoasini yirik musobaqalarning hal qiluvchi bosqichiga olib chiqish. Norvegiya mundiallarda 1998-yildan, Yevropa chempionatlarida esa 2000-yildan beri qatnashmayapti.

    Skandinaviyaning eng mashhur futbolchisiga aylanish. Hozirda Henrik Larsson Skandinaviya vakillari orasida klublar miqyosidagi UEFA musobaqalarining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi (59 ta gol). Shuningdek, Holand Zlatan Ibragimovichni ham kumirlaridan biri deb biladi va uning natijalarini yangilashni xohlaydi. Shvetsiyalik futbolchining UEFA klublar miqyosidagi gollari 57 taga, Shvetsiya termasidagi esa 62 taga teng. Holand Ibra haqida shunday deydi: “Men uchun Zlatan eng zo‘ri. U Skandinaviyadan, shuning uchun uning o‘rnini kimdir egallashi kerak”.

    Boshqa maqola va intervyular:

    • Sancho, Lautaro, Kulibali va Balotelli. Yoz va kuzning amalga oshmagan eng shov-shuvli transferlari
    • “Jenoa”ga o‘tish, bolaligi, amalga oshgan orzulari, “Chelsi” va Rivaldo haqida Eldor Shomurodov bilan katta intervyu
    • Chempionlikdan quvg‘inlikkacha. Mesut O‘zilning “Arsenal”ga kerak bo‘lmay qolgani haqida
    • “Jenoa” hujumchilar “kushanda”simi? Eldor Shomurodovni Italiyada nimalar kutmoqda?
    • “Bobomni har safar o‘ylaganimda, yuragim pora-pora bo‘lib ketadi. U o‘z uyi ostonasida otib tashlangandi”. Xorvatiyalik qochoq Luka Modrich hikoyasi
    • Uzoq kutilgan qirol — Robert Levandovski haqida

    15.10.2020, 16:02   Izoh (0)   18732
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jo Rogan: “Habib hammaning dodini beradi. Dog‘istonliklar murakkab hayot tufayli kuchli bo‘lishga majbur”

    15.10.2020, 15:02

    Eduardo Kamavinga Fransiya terma jamoasida 110 yil avval qayd etilgan natijani takrorladi

    15.10.2020, 14:00

    UFC 256 musobaqasining asosiy jangi kimlar o‘rtasida bo‘lishi ma’lum qilindi

    15.10.2020, 13:03

    Islom Maxachev UFC 254 musobaqasida qatnashmaydigan bo‘ldi

    15.10.2020, 12:01

    Konor Makgregor va Dastin Porye o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

    15.10.2020, 11:06

    Millatlar Ligasi. Fransiya Grizmann va Mbappening gollari evaziga Xorvatiyani taslim etdi, Ronaldusiz Portugaliya yirik hisob qayd etdi

    15.10.2020, 02:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Vinisius bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

    Sport | 13 may, 16:55

    Blokbaster filmlaridan qolishmaydi: tarixdagi eng ko‘p daromad keltirgan 7 multfilm

    Layfstayl | 13 may, 16:50

    Chet eldan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklarga 2 yil “zagranpasport” berilmaydi

    O‘zbekiston | 13 may, 16:43

    Surxondaryoda voyaga yetmagan bola YPX xodimini ham sudrab, Cobalt olib qochdi (video)

    O‘zbekiston | 13 may, 16:30

    AQSH Eronga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi

    Dunyo | 13 may, 16:20

    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

    Reklama | 13 may, 15:00

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 13 may, 16:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.