Samarqand viloyatida Tacuma rusumli avtomobil beton to‘siqqa urilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 4-oktabr kuni soat 20:30 da Samarqand viloyati Narpay tumani “Oqoltin” MFY hududidan o‘tuvchi Toshkent–Nukus M-37 avtomobil yo‘lining 96-kilometrida Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida yashagan 42 yoshli haydovchi Z.B. boshqaruvida bo‘lgan Tacuma rusumli avtomashina yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotganida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Natijada avtomobil yo‘lni ajratib turuvchi o‘rtadagi beton to‘siqqa urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Oqibatda haydovchi Z.B. va yo‘lovchi, 26 yoshli N.A. voqea joyida, boshqa bir yo‘lovchi 37 yoshli M.S. esa olgan tan jarohatlari oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Shuningdek, mashinada bo‘lgan yana ikki nafar yo‘lovchi — 41 yoshli X.Q. va uning ukasi J.Q. turli tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi shu kunning o‘zida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
- Toshkent shahrida Nexia Lacetti bilan to‘qnashuvi oqibatida yonib ketdi
- Surxondaryoda Nexia avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 21 yoshli haydovchi va mashina ichidagi yo‘lovchi vafot etdi
- Toshkentda Lacetti YPX inspektoridan qochib, katta tezlikda 6 ta mashinaga shikast yetkazdi va temirustunga borib urildi
Izoh (0)