Toshkent shahrida Lacetti avtomashinasi 6 ta transport mashinasiga zarar yetkazib, temirustunga borib urildi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning 1-oktabr kuni soat 14:00 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik va Movarounnahr shohko‘chalari kesishmasida xizmat olib borayotgan YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Lacetti avtomobili haydovchisi 30 yoshli T.A. harakatini davom ettirib, Mustaqillik shohko‘chasi bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlangan.
Haydovchi Oqqo‘rg‘on—Mustaqillik shohko‘chalari kesishmasiga yetgan vaqtida qoidabuzarligini davom ettirib, o‘zidan oldinda bo‘lgan Matiz, Cobalt, Hyundai, Nexia, Spark va Damas rusumli transport vositalariga texnik shikast yetkazgan.
Shundan so‘ng, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagini ajratib turuvchi qismida, tungi vaqtda yoritish uchun o‘rnatilgan temirustunga urilib to‘xtagan.
Ma’lum qilinishicha, voqea natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, haydovchining me’yoriy hujjatlari to‘liq bo‘lmaganligi sababli YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, tezligini me’yoridan oshirib harakatlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)