“Barselona” rahbariyati hujumchi Usmon Dembelening kelajagi bilan bog‘liq masalaga oydinlik kiritdi
Carrusel Deportivo nashrining xabar qilishicha, 23 yoshli futbolchi katalonlar safini tark etmaydi. “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘yinchi bilan bo‘lgan suhbatda unga ishonch bildirishini ma’lum qilgan.
Avvalroq Dembelega “Manchester Yunayted”dan qiziqish borligi xabar qilingandi. Shuningdek, ayrim xabarlarda futbolchi “Barselona”da qolishni istayotganiga qaramay, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati uni sotib yuborish niyatida ekani aytilgandi.
Usmon 2019/20-yilgi mavsumning katta qismini jarohatlar sabab o‘tkazib yubordi. U joriy mavsumda La Liga doirasida bitta o‘yin o‘tkazdi.
Fransiyalik futbolchi 2017-yilda Dortmundning “Borussiya”sidan 130 million yevro evaziga “Barselona”ga o‘tgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)