• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 12-sentabr kuni 578 kishida koronavirus aniqlandi. COVID-19 qurbonlari soni 400 nafarga yetdi

    O‘zbekistonda 11-sentabr soat 23:30 dan 12-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 578 ta holat qayd etildi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 46850 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,2 foizi 12-sentabrga to‘g‘ri keldi.

    SSV hisobi bo‘yicha 386, “Daryo” hisobi bo‘yicha 400 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 386, “Daryo” hisobi bo‘yicha 400 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 578 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidan aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 297 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 162 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 53 nafar;
    • Andijon viloyatida — 21 nafar;
    • Xorazm viloyatida — 20 nafar;
    • Buxoro viloyatida — 8 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 7 nafar;
    • Surxondaryo viloyatida — 5 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 3 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 2 nafar.
    Kun davomida 10 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘sha yig‘ilish o‘tkazilgan kundan so‘ng beshinchi marta kunlik kasallanish holatlari 370 tadan oshdi. Bu besh kunning bari oxirgi 5 kunga to‘g‘ri keldi.

    Toshkent shahrida 297 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda sentabr oyida eng kam kasallik aniqlangan kunda 109 ta (3-sentabr), eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda 510 ta (11-sentabr) yangi holat ro‘yxatga olindi. Sentabrning 12 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 2902 nafarga ko‘paydi. SSV jadvalidagi 14 ta hududdan 12 tasida epidemiya mavsumida hali buncha bemor aniqlanmagan. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 28454 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,7 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 162 kishida COVID-19 aniqlandi. Sentabrda Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 1407 nafarga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 8612 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 18,3 foiziga tengdir. Uch kundan buyon umumiy kasallanganlar soni bo‘yicha Toshkent viloyatining ko‘rsatkichi 0,1 foizga ko‘tarilib bormoqda.

    Samarqand viloyatida 53 kishida koronavirus aniqlandi. Bu oxirgi 35 kun ichidagi (9-avgustdan boshlab) viloyatda eng ko‘p kasallik aniqlangan kun bo‘ldi. Sentabr oyida viloyatda faqat 2 va 8-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida kasallanganlar soni 188 nafarga ko‘paydi. Ularning 100 nafari oxirgi 2 kunga to‘g‘ri keldi. Bir kun avval viloyatning Jomboy tumanida 40 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlangani xabar qilingandi, endi Payariqda ham 60 nafar pedagog-xodim COVID-19 yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.

    Andijon viloyatida 21 kishida COVID-19 qayd etildi. Bu viloyatda 1-avgustdan so‘ng eng ko‘p kasallik aniqlangan kun bo‘ldi. 1-avgustdan keyin o‘tgan 41 kun ichida Andijonda 36 marta yangi kasallanish holatlari qayd etilgandi, lekin bu kunlarning birontasida koronavirusga chalinganlar soni 20 nafarga ham yetmagandi. Sentabr oyida viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 98 nafarga ko‘paydi va Andijonda kasallanganlarning umumiy soni 1308 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,8 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Xorazm viloyatida 20 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabrning 12 kunidan 7 tasida viloyatda yangi kasallanganlar ro‘yxatga olindi. Oy davomida COVID-19 qayd etilganlar soni 53 nafarga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 523 nafarga yetdi. Xorazm viloyati koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Navoiy viloyatidan o‘tib ketdi.

    Buxoro viloyatida 8 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabr oyida viloyatda kasallikka chalinganlar soni 37 nafarga ko‘paydi. Buxorodagi umumiy koronavirusga chalinganlar soni esa 1083 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 qayd etilish holatlarining 2,3 foizi Buxoroda aniqlangan.

    Qashqadaryo viloyatida 7 kishida kasallik qayd etildi. Sentabrning sakkiz kunida viloyatda yangi holatlar ro‘yxatga olindi. Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni hozirda 1026 nafarga yetdi. Qashqadaryo bir kunlik tushishdan so‘ng koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha yana Namangandan o‘tib ketdi.

    Surxondaryo viloyatida 5 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda sentabr oyida faqat oxirgi 4 juft sanada kasalliklar qayd etildi 6-sentabrda 9 ta, 8-sentabrda 1 ta, 10-sentabrda 5 ta. Surxondaryoda hozirda koronavirusga chalinganlar soni 651 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 1,4 foizi Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Navoiy viloyatida 3 kishida koronavirus aniqlandi. SSV jadvali bo‘yicha viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 517 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 1,1 foiziga teng deganidir.

    Farg‘ona viloyatida 2 kishida COVID-19 aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda faqat 6, 8 va 10-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida Farg‘onada kasallanganlar soni 33 kishiga ko‘paydi. Farg‘onadagi jami kasallanganlar soni 356 nafarni tashkil etmoqda. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 0,75 foiziga tengdir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyati 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 69 yoshli V.T. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent viloyati Parkent tumanida yashagan 65 yoshli M.N. ismli ayol vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 75 yoshli M.M. ismli ayol vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli F.M. ismli ayol vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli A.Sh. ismli erkak vafot etgan.

    Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashagan 85 yoshli A.X. ismli erkak vafot etgan. Ushbu bemor “Daryo” hisobi bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirusning 400-qurboni bo‘ldi.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 386 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 400 nafarni tashkil etmoqda.

    SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

    • 9 va 15-iyul kunlari Olmaliq shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayol;
    • DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimi Adhamjon Dehqonov;
    • Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov;
    • Chilonzor tumani SEOM bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova;
    • Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov;
    • Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov;
    • Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov;
    • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti Janabay Utepbergenov;
    • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev;
    • “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko;
    • Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev;
    • Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan COVID-19 kasalligidan to‘liq tuzalganligi haqida soxta ma’lumot bo‘yicha ruhiy kasalliklar dispenseriga og‘ir ahvolda yuborilgan va shu yerda vafot etgan 39 yoshli F.Rustamov.
    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2953 nafar bemordan 475 nafari og‘ir, 231 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 706 nafarga yetdi. Bu bir kun oldingi ko‘rsatkichdan 3 nafarga ko‘p deganidir, 24 soat ichida esa SSV 6 nafar bemor vafot etgani haqida xabar bergandi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 23,9 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    12-sentabr kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida 488 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu so‘nggi 15 kun ichida eng ko‘p bemor sog‘aygan kun bo‘ldi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 275 nafari Toshkent shahrida;
    • 156 nafari Toshkent viloyatida;
    • 21 nafari Samarqand viloyatida;
    • 9 nafari Namangan viloyatida;
    • 8 nafari Buxoro viloyatida;
    • 7 nafari Andijon viloyatida;
    • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 4 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 2 nafari Farg‘ona viloyatida;
    • 2 nafari Xorazm viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 46 850 nafar bemordan 43 511 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda. Ikki kundan buyon bu boradagi ko‘rsatkich o‘zgargani yo‘q. Ammo 5—9-sentabr kunlari davolanish ko‘rsatkichi pandemiya davrida ilk marta 94 foizga chiqqandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 2953 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. Besh kun avval davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni 2027 nafarni tashkil etayotgandi. Endi esa so‘nggi 17 kun ichidagi eng yomon ko‘rsatkichga chiqdi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 1967 nafar. Navoiyda 10, Jizzaxda 10, Farg‘onada 11, Qoraqalpog‘istonda 16, Surxondaryoda 20, Sirdaryoda 33, Buxoroda 33, Xorazmda 40, Qashqadaryoda 60, Andijonda 79, Namanganda 79, Samarqandda 206 va Toshkent viloyatida 389 nafar bemor qoldi.

    12.09.2020, 23:52   Izoh (0)   112180
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ohangaronda qop ichida giyohvand moddasini olib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    12.09.2020, 23:14

    “Avto 60 oy” ishi bo‘yicha sud jarayonlari viloyatlarda davom ettiriladi

    12.09.2020, 22:34

    Adliya tizimidagi xodimlar xizmat safari vaqtida kimningdir “mehmoni” bo‘lsa, o‘sha kuniyoq ishdan haydaladi — Adliya vaziri

    12.09.2020, 22:14

    Toshkentda mukammal ta’mirlash ishlari yakunlangan 4 ta maktab foydalanishga topshirildi

    12.09.2020, 21:59

    IIV rasmiysi: O‘g‘rilik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyatiga jabrlanuvchilarning o‘zi sababchi bo‘lib qolmoqda

    12.09.2020, 21:28

    “O‘zgidromet” 13-sentabrda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    12.09.2020, 21:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.