“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
07:21, 20.08.2020 13087

Tongni fransuzcha pishloqli omlet — matafan bilan qarshi oling

Eski fransuz oshxonasiga mansub mazkur taomni go‘sht va boshqa sabzavotlar qo‘shib tayyorlasa ham​ bo‘ladi.

Foto: Russian Food

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Tuxum — 2 dona
  • Sut — 250 ml
  • Un — 140 gr
  • Kolbasa — 100 gr
  • Pishloq — 40 gr
  • Sariyog‘ — 30 gr
  • Ko‘k piyoz, tuz

Tayyorlanish jarayoni:

  • Idishga tuxum chaqing va sut qo‘shib aralashtiring.
  • Un, tuz qo‘shib aralashtirishda davom eting.
  • To‘g‘ralgan ko‘k piyozni ham qo‘shing.
  • Kolbasani yupqa, yarim dumaloq shaklda to‘g‘rang va 10 gr sariyog‘ solingan tovada qovurib oling.
  • Tovadan kolbasani oling va qolgan sariyog‘ hamda quymoq xamirini soling.
  • Tovani 180 daraja qizigan pechga 15 daqiqaga qo‘ying.
  • Pechdan olgach, qovurilgan kolbasani terib chiqing.
  • Ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq solib, yana 5 daqiqaga pechga qo‘ying.
  • Nonushta tayyor, uni qizdirilgan non bo‘laklari va sabzavotlardan tayyorlangan yengil salat bilan qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Yoqimli ishtaha!

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ