Kitob tumani hokimligi qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya qaroriga asosan, tumanda 2020-yil 3-avgustdan boshlab karantin cheklovlari yumshatildi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tuman hokimligi qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya qarori bilan ertaga, 4-avgustdan boshlab tumandagi “Qalandartepa” buyum bozori, savdo, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyati ham tiklanadi.
“Ammo, epidemiyaning qayta tarqalishiga imkon bermaslik uchun sanitariya talablariga qat’iy rioya qilinadi”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Qayd etilishicha, tumanda faoliyatini qayta tiklagan umumiy ovqatlanish korxonalari ro‘yxati shakllantiriladi. Ro‘yxatga kiritilmagan tadbirkorlik subyektlarning faoliyatiga ruxsat berilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyat maxsus komissiyasi qarori bilan joriy qilingan cheklovlar 3-avgustdan boshlab yumshatilishi, tuman va shahar hokimlari, hududiy maxsus komissiya raislariga qator vakolatlar berilgani haqida aytib o‘tgandi.
Izoh (0)