“Yuventus” klubi Italiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi g‘olibiga aylandi.
Turinliklar darvozaboni Janluiji Buffon o‘ninchi marta A Seriya g‘olibiga aylandi. Bu musobaqa rekordi hisoblanadi.
Undan keyingi o‘rinlarda 9 tadan skudetto bilan jamoa himoyachilari Leonardo Bonuchchi va Jorjio Kyellini bormoqda.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” mavsum tugashiga ikki tur qolganida chempionlik masalasini hal qildi. Turin klubi ketma-ket 9-marta Italiya chempioniga aylandi.
Buffon Italiya chempionatining joriy mavsumida 8 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 8 ta to‘p olib chiqdi.
Mavzuga doir:
- Chiro Immobile A Seriyada 61 yillik rekordni yangiladi
- “Yuventus” o‘zi o‘rnatgan rekordni o‘zi yangiladi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)