Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Turinning “Yuventus” klubi Italiya chempionatining 36-turida “Sampdoriya”ni mag‘lub 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan oldin musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Shu tariqa “Yuventus” ketma-ket to‘qqizinchi marotaba chempionlikni qo‘lga kiritib, Yevropa kuchli 5 chempionatlarida ketma-ket chempionlik qayd etish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi.

2018/19-yilgi mavsumda mavsumda Turin klubi “Lion”ning (jamoa 2002—2008-yillarda ketma-ket yetti marotaba Fransiya chempioni bo‘lgan) rekordini yangilagandi.

Qayd etish joiz, bu “keksa sinyora” uchun mamlakat chempionatidagi 36-g‘alaba bo‘ldi. Skudettoni qo‘lga kiritish bo‘yicha Italiyada “Yuventus” peshqadam sanaladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa 18-martadan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Milan” va “Inter” bo‘lishib turibdi.

“Yuventus” bosh murabbiyi 61 yoshli Mauritsio Sarri faoliyatida davomida ilk marta milliy chempionatda g‘olib bo‘ldi. Mutaxassis jamoa boshqaruviga 2019-yilning iyun oyida kelgandi.

Krishtianu Ronalduning “Alyans Stadium”dagi 7 ta esda qolarli gollarini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojyeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar. Urushning 225-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Yaqinda besh million olgan ekansiz, shu sabab murojaatingiz rad qilindi deb yozaman” — Toshkent viloyati hokimi
Madaniyat
Davron G‘oyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi