“Liverpul” himoyachisi Deyan Lovren faoliyatini Rossiyaning “Zenit” klubida davom ettiradi. Bu haqda piterliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.
31 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Zenit” bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Avvalroq transfer 8,5—12 million yevro atrofidagi narxga baholangani, futbolchining maoshi esa yiliga 2,5 millionni tashkil etishi xabar qilingandi.
Lovren 2014-yildan buyon “Liverpul” safida o‘ynab kelardi. U mersisaydlar klubida 185 o‘yin o‘tkazib, 8 ta golga muallif bo‘ldi. 2018/19-yilgi mavsumda jamoa bilan Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi, joriy mavsum esa Angliya chempioniga aylandi.
JCh—2018 finalchisi shuningdek, “Lion” va “Sauthempton” jamoalarida ham to‘p surgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)