“Arsenal” himoyachisi David Luiz Angliya Premyer Ligasining 38-turidan o‘rin olgan “Uotford”ga qarshi o‘yinda (3:2) g‘ayrioddiy natija qayd etdi.
Braziliyalik futbolchi mazkur bahsda o‘z jamoasi darvozasi tomon belgilangan penaltiga sababchi bo‘ldi. 11 metrlik zarbani esa “Uotford” hujumchisi Troy Dini aniq amalga oshirdi.
Opta xabariga ko‘ra, bu APL 2019/20-yilgi mavsumida David Luizning aybi bilan belgilangan 5-penalti bo‘lgan. Bungacha hech bir futbolchi Premyer Liganing bir mavsumida o‘z darvozasi tomon 4 tadan ko‘proq penalti belgilanishiga sababchi bo‘lmagan. Shu tariqa Luiz 5 ta penaltisi bilan musobaqa antirekordini o‘rnatdi.
Ma’lumot uchun, David Luiz joriy mavsumda APLning 33 ta o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ishtirokidagi 14 uchrashuvda “to‘pchilar” o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.
12 ta gol urilgan “Reding”—“Arsenal” o‘yini yodingizdami? Uni tomosha qiling (video)
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)