Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-Ligasi musobaqasi 1-avgustga qadar qoldirildi. Bu haqda Professional futbol Ligasi (PFL) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidanishicha, Pro-Liga klublari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi (SEOA) tomonidan tavsiya etilgan yo‘riqnoma shartlariga rioya qilishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Shuningdek, PFL avvalroq “Dinamo” va “Xorazm” futbolchilari koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinganini sabab o‘laroq keltirib o‘tilgan.
Yana bir sabablardan biri sifatida UzReport-TV bilan o‘rtadagi shartnoma ko‘rsatilgan. Avvalroq PFL va telekanal Pro-Liga o‘yinlari translyatsiyasi borasida kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra UzReport-TV 2020-yilning avgustidan liga o‘yinlarini jonli efirga uzatishi kerak edi.
Mavzuga doir:
Bu orada PFL va UzReport uchrashuvlar taqvim rejasi borasida o‘zaro fikr almashadi. Ya’ni, Pro-Liga uchrashuvlarining Yevropa futboli bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolmasligi masalasi muhokama etiladi. Milliy terma jamoaga Pro-Ligadan jalb qilinadigan futbolchilar soni kamroq ekanidan kelib chiqib, liga taqvimini qayta ko‘rib chiqish masalasi Superliganiki kabi murakkab bo‘lmaydi”, — deyiladi tashkilot bayonotda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)