• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bodikameradagi yozuvlar montaj qilingan”. Sirdaryodagi karantin postida IIB xodimlari hujumiga uchragan sudya vaziyat boshqacha bo‘lganini gapirdi

    O‘zA 13-iyul, dushanba kuni Sirdaryodagi “Toshkent” karantin blokpostida xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari bilan sodir bo‘lgan voqea yuzasidan vaziyat ishtirokchisi Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati sudi sudyasi Alisher Ergashev bilan suhbat uyushtirdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    A.Ergashev bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan Bosh prokuratura nazoratida mutasaddi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani, jarayonga bosim yoki boshqacha tarzda ta’sir o‘tkazishni istamasligini aytgan. U savollarga surishtiruv jarayoniga bosim darajasida bo‘lmasagina javob berishga rozi ekanligini bildirgan.

    2020-yilning 13-iyul kuni siz bilan qanday holat yuz bergan edi? Voqeani batafsil so‘zlab bera olasizmi?— Avtomashinamdagi videoregistratordagi videoyozuvlarni o‘z ixtiyorim bilan Sudyalar Oliy Kengashiga va prokuratura organlariga taqdim etganman. Surishtiruv va tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Men Bosh prokuratura nazoratida surishtiruvni olib borayotgan tegishli huquq tartibot idoralarining ishni xolisona va adolatli hal qilishlariga ishonaman.

    — Siz bilan sodir bo‘lgan o‘sha hodisa OAVda keng muhokama qilingan…— Men bilan bog‘liq bo‘lgan o‘sha voqea haqida boshqa ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p chiqishlar bo‘lyapti. Lekin bu chiqishlarning birortasiga rasmiy jihatdan o‘z munosabatimni bildirmayapman. Demoqchimanki, ularning chiqishlariga men umuman daxl qilayotganim yo‘q. Hammasini (chiqishlar va izohlarni) bosiqlik va vazminlik bilan qabul qilyapman. Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar va izohlarni nazarda tutgan holda aytamanki, ularning birortasiga men munosabat yoki fikr bildirmadim. Men o‘z munosabatimni, yuqorida aytganimdek, tekshiruv yakuniga yetib, yakuniy xulosa keltirilgandan so‘ng aytishim mumkin.

    — Lekin “Gulistondagi holat bo‘yicha ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi” sarlavhali chiqish bilan tanishgan, IIB YXHB xodimlarining bodikamerasidagi videoyozuvlarni ko‘rgan kishida sizning aybsiz ekaningizga shubha paydo bo‘lib qoladi?— Siz aytayotgan munosabat bilan men ham tanishdim, bodikamerada va videoregistratorda olingan videoyozuvlar qo‘shib ishlangan videolavhalarni ham ko‘rdim. Unga mutlaqo qo‘shilmayman. Bodikameradagi yozuvlar montaj qilingan. Tekshiruv ishlarini olib borayotgan mutasaddilar o‘z kasblarining haqiqiy professionallari ekaniga, montaj va haqiqiy yozuvning farqiga borishlariga ishonaman. Xulosa adolatli va xolisona hal qilinadi, deb umid qilaman.

    — Videoregistratordagi yozuvlarni ham, IIB xodimlarining bodikamerasidagi yozuvlarni ham ko‘rdik. Shu holatdan kelib chiqib, siz o‘zingizni yoki o‘sha jarayonda ishtirok etgan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarini qanchalik aybdor, deb bilasiz?— Men bu holatda qonun doirasidan chetga chiqqanim yo‘q. Mening videoregistratorimdan nusxalangan yozuvni diqqat bilan tomosha qildingiz, eshitgan bo‘lsangiz, mening tovushimni, mashinamning o‘ng tarafidan kelgan IIB xodimiga guvohnomamni ko‘rsatib, “Sudyaman” deb guvohnomamni ko‘rsatgan joyi bor. Ammo ularning hech biri quloq solmay avtomashinam yo‘lini sariq rangdagi panjara bilan to‘syapti. Vaholanki, videokameradagi yozuvga e’tibor bergan bo‘lsangiz, mening mashinamning ortidan IIB xodimi boshqaruvida kelayotgan shaxsiy avtomobil o‘tkazib yuborilyapti. Na tez yordamning, na boshqa transport vositasining “sirena” signali eshitilmayapti. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda videolavhaning montaj qilingani haqida ko‘p blogerlar, internet foydalanuvchilari ham ko‘plab misollarni keltirib o‘tishgan, xulosa o‘zingizdan.Qolaversa, tez tibbiy yordam vakilidan olingan intervyuda u “Bizga 4-mavzedan chaqiruv bo‘lgandi, shunga borayotganimizda ko‘prik oldida bir mashina yo‘limizni to‘sdi, IIB xodimlari uni yo‘limizdan oldirdi” deyapti. Birinchidan, tez tibbiy yordamning o‘zi 4-mavzeda joylashgan, o‘zlari joylashgan joyga ataylab shaharning temiryo‘ldan narigi tarafiga, shaharning mahalla qismiga o‘tishi, ya’ni, taxminan, 8 kilometr uzoqlikka borib aylanib qaytib kelishi aqlga sig‘maydi. Ikkinchidan, IIBning munosabatida aytilganidek, “og‘ir kasal olib ketayotgandik” demayapti, “chaqiruv bo‘lgandi” deyapti. Qolaversa, qaysi ko‘prikligi haqida ham, aynan qaysi mashina haqida ham aniq gapirmayapti. Buyog‘iga o‘zingiz xulosa chiqarib olavering...

    — IIB xodimlaridan birining “Ol uni buyoqqa!” degan buyrug‘idan keyin sizni “Voy qo‘lim!” degan ovozingiz eshitildi. Sizga o‘sha jarayonda tan jarohati yetkazilgani haqida tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tanishdingizmi? Hozir holatingiz qanday?— Tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tanishdim, u yerda hammasi to‘g‘ri yozilgan, uni Sudyalar Oliy Kengashiga taqdim etganman. Lekin to‘g‘risi, hozir oila a’zolarimda, o‘zimda ham ruhiy zo‘riqish, ruhiy bosim mavjudligi sababli qolgan holatlarga izoh bermayman.

    — Sizga yoki oilangizga kimdir yoki kimlardir tomonidan tayziq o‘tkazilyaptimi?— Qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilishlarning oilamga, farzandlarimga, qolaversa, o‘zimga qilayotgan telefonlari, uchrashganda so‘rashlari, bularning barchasi ruhiy ta’sir qilishi shubhasiz. To‘g‘risi, yaxshi bo‘lardi, men o‘z munosabatimni, tekshiruv jarayoni nihoyasiga yetgach, aytsam. Men IIB xodimlarini ham tushunaman, ularning ham oilasi, bola-chaqasi bor, ularga ham ijtimoiy tarmoqlardagi holatlar og‘ir ta’sir qilayotganini tushunaman. Hozir birortasining ism-sharifini aytib, ularni aybdor deb yoki aybsizlarini ham aybdorlarga qo‘shib aybdor bo‘lib qolishini istamayman. Men tekshiruv ishlari yakunlanmasdan turib, birorta shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini kamsitishga harakat qilishdan yiroqman.

    Men yana bir bor aytaman, 13-iyulda bo‘lgan holat yuzasidan qonun doirasida ish tutdim. O‘zimni aybdor deb hisoblamayman. Boshqa savollaringizga javob bera olmayman va o‘ylaymanki, siz ham meni to‘g‘ri tushunasiz.

    Mavzuga doir: Rasul Kusherbayev “Deputat, sudya va IIV xodimlari” mojarosiga munosabat bildirgan Shohrux reperni olqishladi

    13-iyulda Sirdaryo viloyati nazorat-o‘tkazish punktida sudya IIB xodimlari tomonidan kaltaklandi, shu kuni IIV taqdim etgan videotasvirlarda IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilgan sudya tez yordam mashinasini o‘tkazib yubormagani ma’lum bo‘ldi.

    Undan avval, 10-iyul kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida sud xodimi va uning haydovchisiga militsiya xodimlari tomonidan jarohat yetkazilgani xabar qilingan. Keyinchalik 15-iyulda ushbu holatga qonuniy baho berilishi senatorlik nazoratiga olingani aytilgan.

    18.07.2020, 12:56   Izoh (0)   72175
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada tez yordam bo‘limi xodimasi va IIB xodimlari bilan janjallashgan ikki ayol 10 sutkaga qamaldi, yana biri jarimaga tortildi

    18.07.2020, 12:14

    Butun oilasi koronavirusga chalingan rejissor Sarvar Karimov Yunusoboddagi Nuroniy sanatoriysiga yotqizildi

    18.07.2020, 11:55

    Buxoroda dori-darmon zaxirasini yaratish uchun 9 mlrd 588 mln so‘m mablag‘ ajratildi

    18.07.2020, 11:13

    “O‘zbekistonga zudlik bilan kislorod konsentratorlari kerak” — Aziza Umarova

    18.07.2020, 10:54

    O‘zbekistonda o‘tgan bir kechada 289 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 15 896 kishiga yetdi

    18.07.2020, 10:25

    Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi

    18.07.2020, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda mandat e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 08:25

    Afg‘onistonda uch nafar sehrgar hibsga olindi

    Dunyo | 14 avgust, 08:12

    “PSJ” “Tottenhem”ni mag‘lubiyatga uchratib, UEFA Superkubogi sohibiga aylandi (video)

    Sport | 14 avgust, 07:27

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.