• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekistonga zudlik bilan kislorod konsentratorlari kerak” — Aziza Umarova

    Smartgov Consulting kompaniyasi ijrochi direktori, iqtisodchi Aziza Umarova o‘zining Telegram’dagi kanalida jamoatchilik e’tiborini kislorod konsentratorlari muammosiga qaratib, masalaga yechim taklif etdi.

    Foto: Spot

    Foto: Spot
    Haqiqatga tik qaraylik, realist bo‘laylik. Pandemiyaning yaqqol namoyon bo‘lishida biz Qozog‘iston va Qirg‘izistondan atigi bir-ikki haftaga kechikyapmiz. (Qat’iy karantinning kuchiga ko‘r-ko‘rona ishonayotganlarga alangalik salom! Biz atigi bir-ikki hafta yutyapmiz, xolos).

    Xohlaymizmi yo‘qmi, lekin o‘lim bilan bog‘liq xabarlar ko‘payib bormoqda. Bu ketishda qo‘shnilarimizning kuni bizning ham boshimizga tushmasa deb qo‘rqaman.

    Xabarlarga qaraganda, amaldorlarimiz zudlik bilan sun’iy nafas oldirish apparatlari va tez yordam mashinalarini sotib olishayotgan ekan. Shuningdek, hukumat kislorod konsentratlari uchun barcha to‘lovlarni/to‘siqlarni bekor qilibdi.

    Bu juda yaxshi yangilik. Ho‘p, davom etamiz.

    Tushunarli bo‘lishi uchun, ikki tomonlama zotiljam (pnevmoniya) ko‘pincha jiddiy asoratlar keltirib chiqaradi va odam nafas ololmay qoladi. Qondagi kislorod miqdori pasayib ketadiki, bu hatto o‘limga olib boradi. Eng qiyin hollarda sun’iy nafas oldirish apparatiga ulashadi, bu ham faqat shifoxona sharoitida amalga oshiriladi, agar apparatni to‘g‘ri ishlatadigan mutaxassis bo‘lsagina.

    Shifoxona va koykalar yetishmayotgan vaziyatda esa kislorod konsentratorlari sotib olish juda muhimdir.

    Qozog‘istonda homiylar 6000 dan ziyod konsentrator sotib olishibdi. Qirg‘izistonda esa AQSh va Yevropadagi qirg‘iz diasporalari kamroq mablag‘ yig‘ib berishibdi, lekin u yerda 20 yoshli ko‘ngillilar apparatlar bilan uyma-uy yurib, nafas yetmayotgan, lekin shifoxonaga qabul qilinmagan yuzlab odamlarni qutqarishmoqda. Sofiya Aydana ismli qiz hafta davomida 187 odamning hayotini saqlab qoldi.

    Bu kabi ishlarni tashkil etishda har qanday foydali ma’lumoti uchun qozoq va qirg‘iz do‘stlarimizdan minnatdor bo‘lardim.

    Bizda hozircha shahrimizda hali kislorod konsentratorlari yo‘q. E’lonlar bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilib, surishtirdim. 24 soat ishlaydigan birorta 5 litrli kislorod konsentrator topa olmadim. Undan kam kislorod ishlab chiqaradigan yoki undan kam vaqt ishlaydigan apparatlarni izlashning hojati yo‘q. Ularni faqat spa-salonlarda yoki uyda oddiy holatlarda nafas olish uchun qo‘llash mumkin. COVID-19 zotiljamida u yordam bermaydi...

    Ho‘p, qayerdan olish kerak? Bizga qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.

    Butun dunyodagi konsentratorlarning 80 foizi Xitoyda ishlab chiqariladi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilardan 250-300 dollardan sotib olgan. Yo‘l xarajatlari alohida.

    Nima qilish kerak?

    Zudlik bilan tadbirkorlarimiz ommaviy ravishda kislorod konsentratorlarini olib kelishi va bozorlarga yetkazib berishi kerak. Insof bilan narx qo‘yishsa, imkoni borlar sotib oladi.

    Shuni ham bilish muhimki, 5 litrli konsentratorlar uy sharoitiga, 10 va 15 litrlilari kasalxonalar uchun mo‘ljallangan. Bu apparatlarga bir vaqtning o‘zida 2 yoki undan ko‘p bemorni ulab qo‘yish mumkin.

    Xitoydagi yurtdoshlar, sizlar ishonchli yetkazib beruvchilarni topa olasizmi? Fuqarolarga buyurtma bo‘yicha yordam qila olasizmi?

    Agar bizning xorijdagi diasporalarimiz ham Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi singari kislorod konsentratorlari uchun mablag‘ yig‘ib bersa va mazkur apparatlar bilan ko‘ngillilar ta’minlansa yoki ular hududlarga yuborilsa, menimcha, bu o‘z vaqtida berilgan zarur yordam bo‘lardi.

    Hukumat esa (ushbu apparatlarni) samolyotlarda yetkazib berishga yordam berishi kerak. Vaqt g‘animat.

    Yoshlar, sizlar o‘zaro birlashadigan, bir yoqadan bosh chiqaradigan payt keldi.

    Aziza Umarova, iqtisodchi

    Avvalroq Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori Habibulla Oqilov 15-iyul kungi Prezident videoselektoridan keyin bergan intervyusida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tayyorlangan zaxira koyka-o‘rinlar yetmayotganini ma’lum qilgandi.

    Prezident 14-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektorda koronavirusga qarshi kurash uchun mamlakatda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlagan, biroq hozirda epidemiologik vaziyat juda og‘irligini aytgandi. Shuningdek, davlat rahbari koronavirusni aniqlash uchun test topshirish jarayonini soddalashtirish, hududlarda uch oylik dori zaxirasini yaratish hamda dorixonalarda va bozorlarda narxlar oshishining oldini olish, zarur joylarda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq bergan.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda xususiy klinikalarga ham COVID-19’ga chalingan bemorlarni davolashga ruxsat berildi
    • Zangiotadagi maxsus kasalxona ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan koronavirus bemorlariga to‘lib bo‘ldi
    • “Tibbiyot, kasalxonalar, amaldorlarimiz tayyor emas ekan”. O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tanqid ostiga olindi

    18.07.2020, 10:54   Izoh (0)   71076
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan bir kechada 289 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 15 896 kishiga yetdi

    18.07.2020, 10:25

    Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi

    18.07.2020, 10:15

    O‘zbekistondagi 2 ta eng yirik shakar zavodi xomashyo yetishmasligi sababli ishlab chiqarishni to‘xtatdi

    18.07.2020, 09:53

    Toshkentda tez yordam xodimlari xonadonga borib, bitta “zayavka”ga faqat bir nafar bemorni tekshirmoqda (video)

    18.07.2020, 09:11

    “Tez yordam va o‘t o‘chiruvchilar blokpostlar qayerga o‘rnatilganini biladi” — Shohrux G‘iyosov

    18.07.2020, 08:10

    Rossiyaning Amur viloyatidagi mojaro hal etilgani va o‘zbekistonlik quruvchilar o‘z ish joyiga qaytgani ma’lum qilindi

    18.07.2020, 07:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10

    “Vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan barcha metan zapravkalar to‘liq quvvatda ishlamoqda”. Energetika vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.