Buxoroda 40 yoshli afg‘onistonlik erkak koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan 40 yoshli M.H.ni 2-3 kun davomida yo‘tal va tana harorati ko‘tarilishi bezovta qilgan.  21-iyun kuni tez tibbiy yordam chaqirtirilib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga COVID-19, ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Shifoxonada bemor bir necha marta mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni ularning tavsiyasi asosida olib borilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

40 yoshli erkak O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 46-bemor bo‘ldi.

Bungacha O‘zbekistonda 45 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida: