Namangan shahrida yashovchi G. 14-aprel kuni og‘ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan.

54 yoshli ushbu bemor (ayol) oldin ham gipertoniya va qandli diabet tashxisi bilan surunkali kasallanib kelgan. Ushbu kasalliklari hisobiga u 17-aprel kuni shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga olingan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor 22-aprel kuni o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.