Sog‘liqni saqlash vazirligi Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan 52 yoshli erkakning vafot etganini xabar qildi.

Qayd etilishicha, Navoiy shahrida yashovchi 52 yoshli B.A. 2020-yil 30-iyun kuni tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga COVID-19 infeksiyasiga gumon bilan olib kelingan.

Unga COVID-19, ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligining 3—4-darajasi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi asoratlari bilan kechgan.

Bemor bundan avval gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya, semizlikning 4-darajasi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi oqibatida vafot etdi.

52 yoshli navoiylik erkak O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 44-bemor bo‘ldi.

Bungacha O‘zbekistonda 43 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida: