• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Koronavirusning shiddatli xuruji, masjidlar ochilishi, “tilloga teng” bepul yerlar, So‘xga samolyot qo‘yiladimi?

    So‘xliklarning qo‘zg‘oloni-yu, uning oqibatida Shuhrat G‘aniyevni “ketadi-ketmaydi” deya bahs boylashuvlar bilan bu hafta ham o‘tdi. “Daryo”da haftaning eng asosiy voqealari sharhini boshlaymiz.

    Haftaning eng shov-shuvli voqeasi So‘xdagi g‘alayon bo‘lgani shubhasiz. 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x eksklav-tumanining Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanidagi Chashmaga nomdosh Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Xabarga ko‘ra, ikki qishloq o‘rtadagi buloqni tozalash vaqtida mojaro boshlangan (videolarni ko‘ring). Voqea joyiga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni yetib bordi va aholi bilan uchrashib, ularni tinchlantirdi.  Shu kuniyoq  Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Qubatbek Bo‘ronov bilan palatkada muzokara o‘tkazdi.

    Abdulla Aripov So‘x tumanida.

    Abdulla Aripov So‘x tumanida.
    Foto: Google Photos

    Mojaro oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan, O‘zbekiston tomonda uchta xonadon yonib ketgan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida esa uy va omborxona yonib ketgan, shuningdek, 25 kishi jarohat olgan.

    Mojaro avj olgan vaqtda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevni olomon o‘rab olib tortqilayotgani va hokim aholini tinchlantirishga urinayotgani videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu videolar qirg‘iz anklavida qiynalgan O‘zbekiston aholisining hokimga qarshiligi deb talqin etildi. Biroq bosh vazir So‘xdagi mojaro haqida gapirar ekan, “Shuhrat G‘aniyev va boshqa rahbarlar yetib kelib, vaziyatning chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymagan”, deb G‘aniyevning xizmatini ijobiy baholadi. Voqea ishtirokchilarining aytishicha, darg‘azab olomonga nisbatan kuch qo‘llamaslikka askarlarga qat’iy topshiriq berilgan, vaziyatni esa hokim o‘z qo‘liga olgan.

    Shunga qaramasdan, So‘x voqealari tufayli Farg‘ona hokimi ishdan olindi degan xabar bir muddat internet olamini titratdi. Biroq Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrif buyurib, yig‘ilish o‘tkazdi hamda Toshloq tumani hokimini almashtirish bilan cheklandi. Avvalroq So‘x tumani hokimi ham almashtirilgan edi.

    Ta’kidlash kerakki, so‘xliklarning noroziligi eksklav xuddi orol kabi mamlakatning asosiy qismidan uzilib qolganidandir. Karantin esa so‘xliklar qamalda qolib, yanada qiynalishiga sabab bo‘ldi. Hukumat bu muammoga ko‘riladigan choralarni ma’lum qildi. So‘xning bo‘sh yerlariga tik quduqlar qo‘yilib, bo‘sh yerlar o‘zlashtirilishi va oltita mahalla fuqarolar yig‘inida kichik sanoat hududlari tashkil etilishi belgilab olindi.

    Foto: Telegram

    Hududda 2020-yil davomida qiymati 101 milliard so‘m bo‘lgan 73 loyiha amalga oshiriladi. Buning natijasida 4,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Banklar ko‘magida 82 ta loyiha amalga oshirilib, bu maqsadlar uchun So‘x tumaniga 153 milliard so‘m kredit yo‘naltiriladi. So‘xlik bitiruvchilarga OTMlarda alohida grant kvotalar ajratiladi. So‘xda uchta dam olish maskani yaratiladi. Tumandagi eski aerodromni qayta ta’mirlab, viloyat markaziga havo yo‘llari orqali borib kelishni yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

    Darvoqe, “So‘x” so‘zi “alangalanmoq” degan ma’noni bildiradi.

    * * *

    Keling, bu hafta karantinning qaysi talablari yumshatilganiga to‘xtalib o‘tamiz.

    Masjidlar faoliyati 8-iyundan “yashil” hududlarda tiklanadi. Biroq ulardan binolarining doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shu jumladan, namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda), shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 C va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish, jamoaviy diniy marosimlar (juma namozi va boshqalar)ni o‘tkazmaslik talab etiladi.

    Foto: “Daryo”

    8-iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ham ruxsat berildi. Avtobuschilar uchun yana bir yaxshi yangilik bor: Toshkentda avtobus haydovchilari uchun qo‘yilgan kunlik “plan” 8-iyundan bekor qilinadi. Endi qancha pul tushirish ularning muammosi emas. “Yashil” va “sariq” hududlarda  15-iyundan xususiy bog‘chalar faoliyatiga ruxsat beriladi. Davlat bog‘chalari faoliyati esa Maktabgacha ta’lim vazirligi jadvali asosida 15-iyundan 1-iyulga qadar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi, deb yozdi @davletovuz kanali.

    15-iyundan buyum bozorlariga ham ruxsat beriladi. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-iyundan boshlab  “yashil” va “sariq” hududlarda buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi ham aytildi.

    * * *

    “Olaveringlar, davlatimiz kambag‘allashib qolmaydi”. Navbatdagi xabarimiz mazmuni shunaqa. Toshkentning Amir Temur xiyoboni, Buxoro va Nuroniylar ko‘chalari oralig‘ida joylashgan “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi qismi” hamda Buxoro ko‘chasi, 10-uy manzilidagi sobiq Sverdlov nomidagi konsert zali (birja binosi) Forsa Barsa kompaniyasiga tanlovsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri “nol” qiymatda taqdim etilmoqda.

    Toshkentdagi Buxoro ko‘chasi, 10-uy manzilidagi bino.

    Toshkentdagi Buxoro ko‘chasi, 10-uy manzilidagi bino.
    Foto: Yandex

    Bloger @davletovuz ushbu yangilikka munosabat bildirarkan, Forsa Barsa kompaniyasiga taqdim etilayotgan joylarning “sotixi tillaga teng” ekanini qayd etib o‘tgan: “Shu joylar qalovini topib, 15 million dollarga sotsa ham bo‘ladigan, sotixi tillaga teng yerlar”. Joylarning xaridori ma’lum, ammo qanday qilib yeng ichida “sotib” olayotganlarini bilmaganimiz uchun keyingi xabarga o‘tamiz.

    * * *

    Barchaning diqqati So‘xga qaratilgan pallada imi-jimida “G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi. Qaror bilan 2020-yil 1-avgustdan utilizatsiya yig‘imi stavkalari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu ro‘yxat mana bu yerda. Aytishlaricha, utilizatsiya yig‘imi UzAutoMotors avtomobillari narxining oshishiga olib kelmaydi.

    * * *

    Farg‘ona vodiysi bo‘ylab uzunligi 331 kilometr bo‘lgan halqa temir yo‘li qurilib, elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Qo‘qon—Marg‘ilon—Andijon—Namangan—Qo‘qon yo‘nalishida harakatlanish ekspress elektropoyezdlarda, Qo‘qon —Namangan—Andijon—Qo‘qon yo‘nalishida esa oddiy elektropoyezdlarda yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Ekspress elektropoyezd beshta bekatda, oddiy elektropoyezd esa 35 ta bekatda to‘xtaydi. Poyezd vagonlari konditsionerlar, USB-kabellar, Wi-Fi, bufet, moto-velosipedlar uchun maxsus joylar, biohojatxona kabilar bilan ta’minlanadi.

    Vodiy halqa temiryoli.

    Vodiy halqa temiryoli.
    Foto: Xalqaro press klub

    Loyiha qiymati, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 45 million dollarga teng. Vodiy halqa temiryo‘li 2021-yilning birinchi choragida ishga tushishi kerak. Yo‘lkira narxi 5 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha bo‘ladi.

    * * *

    Hokimlarni saylash haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 2016-yildayoq aytgandi. Bu amaliyotga ko‘chishi mumkinmi? Asosiysi, fuqarolar buni istagani uchun tashabbus ko‘rsatdi. Natijada “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida hokimlarni xalq tomonidan saylash amaliyotini joriy etish haqidagi joylashtirilgan petitsiya 10 mingdan ortiq ovoz to‘pladi. Endi uni parlament ko‘rib chiqishi kerak.

    Unda har bir tuman yoki shahardan belgilangan miqdorda nomzod tanlab, ularning eng ma’qulini saylov o‘tkazish yo‘li bilan saylash kerakligi, saylangan hokim ishini baholashni esa yana o‘sha xalq zimmasida qoldirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan. “Ijtimoiy tarmoqlardan ma’lumki, hozirda ko‘plab hokimlarga nisbatan aholining norozilik kayfiyati mavjud. Shu tufayli hududlarda aholini boshqaradigan hokimlarni xalqning o‘zi tanlashi va saylash amaliyotini joriy etish zarur. Shundagina hokimlarimiz xalq dardini eshitadi, u bilan birga ishlaydi”, — deb yozgan petitsiya muallifi.

    Senator Svetlana Ortiqova 2017-yilda “Yil oxiriga qadar mamlakatda viloyat, tuman va shahar hokimlari saylovlari haqidagi qonun loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqiladi”, deb aytgan edi.

    * * *

    Ketma-ket karantin choralari yumshatilib borilishi ortidan koronavirus o‘ta xunuk syurprizini taqdim etdi. Toshkent shahrida birgina 7-iyunning o‘zida 19 soat ichida 185 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu 185 kishi kasallikni aynan kimlardan yuqtirgani (kasallik yuqishining zanjir ketma-ketligi) haqida axborot berganicha yo‘q. Bir kunda 185 kishida kasallik aniqlanishi — bu nafaqat Toshkent shahri uchun, balki butun O‘zbekiston uchun ham rekord ko‘rsatkichdir.

    Umuman, 7-iyun davomida O‘zbekiston bo‘yicha 237 kishida kasallik aniqlandi.

    Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallanish holatlari bo‘yicha kunlik eng yuqori ko‘rsatkich 14-aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 167 kishida kasallik tasdiqlangan edi. Kasallanganlar soni so‘nggi bor 26-may kuni 100 kishidan oshgan edi — o‘shanda butun kun davomida 101 kishida koronavirus aniqlangan.

    Bu antirekord bizga juda-juda hushyor bo‘lishimizni va karantin talablariga qat’iy bo‘ysunishimiz kerakligini ko‘rsatadi. Uyda qoling.

    08.06.2020, 08:26   Izoh (0)   73687
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda svetofor ustiga chiqib, “tomosha” ko‘rsatgan mast fuqaro 15 sutkaga qamaldi

    08.06.2020, 00:10

    O‘zbekistonda 7-iyun kuni 237 kishida koronavirus aniqlandi. Bu rekord

    07.06.2020, 23:44

    Toshkentda 7-iyun kuni 195 kishida koronavirus aniqlandi. Shu vaqtgacha bir kunda butun O‘zbekiston bo‘yicha ham bunchalik ko‘p bemor aniqlanmagan edi

    07.06.2020, 23:31

    Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ishsizlar soni 2 millionga yaqinlashgani ma’lum qilindi

    07.06.2020, 23:24

    Samaradagi 350 nafardan ortiq o‘zbekistonlik Qozog‘iston orqali ortga qaytayotgani ma’lum qilindi

    07.06.2020, 23:10

    Qo‘qonda 12,2 mln dollar evaziga logistika markazi quriladi

    07.06.2020, 22:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.