Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston musulmonlari idorasi karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Avvalroq Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, masjidlar 8-iyundan boshlab faqat “yashil” hududlarda faoliyatini boshlashi, ushbu maskanlarda 5–8-iyun kunlari sanitar choralar ko‘rilishi ma’lum qilingandi.

Ta’kidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlar faoliyatini karantin davrida tashkil etish, masjid ish faoliyatini sanitariya-epidemiologik qoidalarga muvofiq yuritish va ibodatlarni ado etish uchun zarur shart-sharoitlarni hozirlash borasida tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tuman-shahar kesimida “yashil” hudud sifatida toifaga ajratilgan mintaqalardagi masjidlarda 8-iyun kuni bomdod namozidan boshlab kunlik besh vaqt farz namozlarini ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda (1,5-2 metr) ado etish mumkin.

Masjidlarda ibodatlarni tashkil etish bo‘yicha quyidagi talablar belgilandi:

  • masjidning kirish joyini dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash, birlamchi dezinfeksiyalash vositalari bilan ta’minlash;
  • har bir namozxon tibbiy niqobda bo‘lishi, masjidga kirishda qo‘llarini dezinfeksiyalash vositasidan foydalanishi;
  • masjidga tashrif buyurgan har bir shaxsning kasallik alomatlarini tekshirish, tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan holatda fuqarolarni alohidalash va 103 telefon raqami orqali tez tibbiy yordamga xabar berish;
  • tahoratxonadan faqat zarur sharoitlar yaratilgan (bir martalik sochiq-salfetka, antiseptik vositalar, suyuq sovunlar bilan ta’minlash, qisqa muddatlarda dezinfeksiya qilish), ijtimoiy masofalanish saqlangan hollarda foydalanish;
  • masjidda qo‘l berib yoki quchoqlashib salomlashish taqiqlanishi;
  • masjid binolari va hududini har kuni dezinfeksiya qilish, xonalarni shamollatish;
  • masjid hududida har qanday ko‘rinishdagi savdo-sotiqni tashkil etmaslik, hadya va sovg‘alar tarqatmaslik;
  • rasman ruxsat berilgunga qadar juma namozlari tashkil etilmaydi;
  • masjid xodimlari va ko‘ngilli namozxonlardan yordamchi guruhlar tuzilib, ular tomonidan masjid hududida karantin talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • masjidlar faoliyati joylardagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari talablariga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash kabi tavsiyalar joriy etiladi.
“Masjidlar faoliyati hududlar toifalari o‘zgarishiga qarab, muvofiqlashtirilib boriladi. Xususan, hududga ‘qizil’ yoki ‘sariq’ toifa berilishiga ko‘ra undagi masjidlar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi. Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi, Toshkent shahar va viloyatlar bosh imom-xatiblari ushbu tavsiyalarni amalga oshirilishini ta’minlaydi va belgilangan vazifalarning bajarilishiga masjid imom-xatibi mas’ul hisoblanadi”, — deyiladi bayonotda.Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 15-iyundan restoran va bog‘chalar ham ochiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi