• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 7-iyun kuni 237 kishida koronavirus aniqlandi. Bu rekord

    O‘zbekistonda 6-iyun soat 23:00 dan 7-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 237 ta holat qayd etildi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 237 nafar bemorning
    • 20 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
    • 195 nafari Toshkent shahrida;
    • 10 nafari Toshkent viloyatida;
    • 8 nafari Xorazm viloyatida;
    • 4 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.
    7-iyunda bir kunda aniqlangan yangi kasallar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi. 15-martdan buyon shu vaqtgacha kunlik kasallar soni 200 kishiga ham yetmagandi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallanish holatlari bo‘yicha kunlik eng yuqori ko‘rsatkich 14-aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 167 kishida kasallik tasdiqlangan edi. Kasallanganlar soni so‘nggi bor 26-may kuni 100 kishidan oshgan edi — o‘shanda butun kun davomida 101 kishida koronavirus aniqlangan.

    Hozirda kasallanganlar soni 4331 kishiga yetdi. 7-iyundagi yangi holatlardan so‘ng umumiy kasallanganlar soni 5 foizdan ko‘proqqa ortdi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi 195 ta kasallanish holatining 185 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida, 10 tasi aholi orasida qayd etilganini ma’lum qildi. 7-iyungacha nafaqat Toshkent shahrida, balki butun O‘zbekistonda bir sutkada bunchalik ko‘p koronavirusga chalinish holati aniqlanmagandi. O‘zbekiston bo‘yicha qayd etilgan koronavirus holatlarining 51 foizi — 4331 tadan 2219 tasi aynan Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsa-da, Toshkent shahri hamon “sariq” hudud bo‘lib turibdi va 8-iyundan boshlab “Toshshahartransxizmat” tarkibiga kiruvchi avtokorxonalar tomonidan 131 ta yo‘nalishga 1067 ta turli rusumdagi avtobus ishga chiqariladi.

    Koronavirusdan sog‘ayish holatlari

    7-iyun davomida 86 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 73 nafari Toshkent shahridagi, 8 nafari Buxoro viloyatidagi, 4 nafari Navoiy viloyatidagi hamda 1 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalaridan sog‘ayib chiqdi.

    Ma’lumot o‘rnida, Jizzax, Surxondaryo  va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi. Qoraqalpog‘iston (3 nafar bemor), Andijon (4 nafar bemor) va Qashqadaryo (5 nafar bemor) koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin turibdi.

    Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi bemorlar esa Toshkent shahrida davolanmoqda. Eng ko‘p bemor hozir aynan Toshkent shahrida (742 kishi) bo‘lib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4331 nafar bemordan 3354 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda. Ikki kun avval davolanish ko‘rsatkichi 81 foiz edi.

    Ahvoli og‘ir bemorlar

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 960 nafar bemordan 6 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. SSVning 7-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra bergan axborotida ahvoli og‘ir bemorlar 11, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar 3 nafarni tashkil etayotgani xabar qilingandi. Bir sutka ichida ahvoli og‘ir bemorlar soni 4 nafarga, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 1 nafarga kamaydi.

    15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 17 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Koronavirusdan vafot etgan oxirgi ikki bemorda o‘limidan bir kun oldin infeksiya aniqlangandi.

    Karantindagilar

    Shu kungacha jami 441 618 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 396 349 nafari karantindan chiqarilgan. Bir kun ichida karantinga olinganlar soni 3016 nafarga, karantindan chiqarilganlar 2039 nafarga ko‘paydi.

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 23 362 nafar, statsionar karantinda esa 21 907 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

    07.06.2020, 23:44   Izoh (0)   266901
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 7-iyun kuni 195 kishida koronavirus aniqlandi. Shu vaqtgacha bir kunda butun O‘zbekiston bo‘yicha ham bunchalik ko‘p bemor aniqlanmagan edi

    07.06.2020, 23:31

    Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ishsizlar soni 2 millionga yaqinlashgani ma’lum qilindi

    07.06.2020, 23:24

    Samaradagi 350 nafardan ortiq o‘zbekistonlik Qozog‘iston orqali ortga qaytayotgani ma’lum qilindi

    07.06.2020, 23:10

    Qo‘qonda 12,2 mln dollar evaziga logistika markazi quriladi

    07.06.2020, 22:51

    O‘zbekistonda 4 ta hududda 24 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlarning umumiy soni 3354 nafarga yetdi

    07.06.2020, 22:09

    Xorazmda kanaldan olib chiqilgan Tico’dan rulga zanjir bilan bog‘langan 34 yoshli haydovchining murdasi topildi

    07.06.2020, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda giyohvandlik laboratoriyasini ochgan ikki o‘qituvchi qamoqqa olindi

    Dunyo | 5 avgust, 22:15

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Meksikada tashlandiq uydan 32 ta bo‘laklangan jasad topildi

    Dunyo | 5 avgust, 22:05

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.