Korn-dogni issiq holda yoki sovuqligida ham iste’mol qilsa bo‘ladi.

Foto: Lifehacker

Eslatma: Iloji bo‘lsa bug‘doy va jo‘xori unidan foydalaning.

Kerakli mahsulotlar:

  • Bug‘doy uni — 100 gr
  • Jo‘xori uni — 100 gr
  • Razrixlitel — 1 choy qoshiq
  • Tuxum — 1 dona
  • Tuz — bir chimdim
  • Shakar — bir chimdim
  • Sut — 50-70 ml
  • O‘simlik yog‘i — 1-3 piyola
  • Sosiska — 6 dona

Tayyorlanish jarayoni:

  • Undan 1 osh qoshiq olib qo‘yib, razrixlitel, tuz va shakar qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmaga tuxum keyin sut qo‘shib smetana singari quyuqlikda xamir qiling.
  • Yog‘ solib qiziting. (Sosiskalar tovaga solinganda yog‘ qoplab turishi kerak)
  • Sosiskalarni yuqorida olib qo‘​yilgan unga​ bulg‘ang, so‘ngra maxsus qandolat tayoqchalarini kirgizib chiqing (tayoqchasiz ham pishirish mumkin).
  • Sosiskalarni massaga botiring va tomonlari yaxshilab qoplanganiga e’tibor bering.
  • Qizigan yog‘ga solib qovuring. Bir xil qizarib pishishi kerak.
  • Qovurma sosiskalar ortiqcha yog‘li bo‘lmasligi uchun qog‘oz sochiq ustiga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.