Daryo

Iftorlikka brinzali sharchalar tayyorlaymiz

Tayyor sharchalarni istalgan sous bilan birga dasturxonga tortish mumkin

1 daqiqa o‘qish54 810 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Mazkur tansiq taom iftorlik dasturxoningizni bezashi aniq. Sharchalarga brinza o‘rniga pishloq qo‘shsa ham bo‘ladi.

Foto: Lifehacker
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Kartoshka — 3 dona (o‘rtacha)
  • Brinza — 80 gr
  • Un — 1,5 piyola
  • Ko‘k piyoz va shivit
  • Tuxum 2 dona
  • Non talqoni
Tayyorlanish jarayoni:
  • Kartoshkadan pyure tayyorlang.
  • Pyurega brinza va ko‘katlar qo‘shing.
  • Aralashmadan sharchalar yasang.
  • Har bir sharchani birinchi unga keyin tuxumga va oxiri non talqoniga botiring.
  • Agar massa yopishqoq bo‘lsa, biroz un qo‘shishingiz mumkin.
  • Sharchalarni 3-4 daqiqa tillarang bo‘lgunicha, o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
  • Tayyor sharchalarni istalgan sous bilan birga dasturxonga tortish mumkin.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar