Daryo

Saharlikka lavlagi qo‘shib tayyorlanadigan grechkali bo‘tqa pishiramiz

Ushbu taomning nafaqat ko‘rinishi, balki mazasi ham sizda yaxshi taassurot qoldirishi aniq

1 daqiqa o‘qish129 804 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Lavlagi qo‘shib tayyorlanadigan grechkali bo‘tqaning nafaqat ko‘rinishi, balki mazasi ham sizda yaxshi taassurot qoldirishi aniq.

Foto: Lifehacker
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • lavlagi — 1 dona;
  • sarimsoq piyoz;
  • piyoz 1 — dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq
  • grechka — 250 gr;
  • limon sharbati — 1 osh qoshiq;
  • ta’bga ko‘ra tuz va murch.
Qo‘shish mumkin: ko‘katlar, yong‘oq va pishloq. Tayyorlanish jarayoni:
  • Lavlagini qaynatib oling, pishganidan keyin qirg‘ichdan chiqaring yoki blenderda bo‘tqa holiga keltiring.
  • Piyoz va sarimsoq piyozni maydalab, o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
  • Grechkani yog‘ solinmagan quruq tovada 3-5 daqiqa qizitib oling.
  • Grechka va sarimsoq piyozni qo‘shib, suvda qaynating.
  • Pishganidan keyin lavlagi, limon sharbati, tuz va murch qo‘shing.
Mazkur taomni ko‘kat, pishloq yoki yong‘oq bilan bezab, dasturxonga tortishingiz mumkin, yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar