Daryo

Iftorlik uchun qulupnayli pirog pishiramiz

Mazkur pirog, taom borasida qaysar bo‘lgan har qanday kishining ham ko‘nglidan joy olishi aniq

1 daqiqa o‘qish64 718 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Mazkur pirog, taom borasida qaysar bo‘lgan har qanday kishining ham ko‘nglidan joy olishi aniq.

Foto: Lifehacker
Pirog uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Tuxum — 2 dona
  • Tuz — 1 chimdim
  • Qatiq — 1 piyola
  • Shakar — 170 gr
  • Un — 1,5 piyola
  • Sariyog‘ — 50 gr
  • Ichimlik sodasi — 1 choy qoshiq
  • Qulupnay — 300 gr
Tayyorlanish jarayoni:
  • Sariyog‘ni eritib oling.
  • Tuxumga tuz qo‘shib bir xil massa bo‘lgunicha mikser bilan aralashtiring.
  • Oz-ozdan shakar qo‘shib aralashtirishda davom eting. Jarayon 7 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak.
  • Qatiq va sariyog‘ni qo‘shib aralashtiring.
  • Unni elakdan o‘tkazib, soda bilan aralashmaga qo‘shing.
  • Xamir smetana suyuqligida bo‘lishi kerak.
  • Qolip yoki maxsus idishga xamirni soling.
  • Pirog ustiga qulupnay terib chiqing (xohishga qarab xamir orasiga ham qo‘shishingiz mumkin).
  • Pirogni 1 soatga qizigan pechga 180 darajaga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar